https://oz.sputniknews.uz/20230126/ozbek-qirgiz-tovar-ayirboshlash-hajmi-milliardlab-dollarga-etkaziladi--oqilbek-japarov-31720370.html
O‘zbek-qirg‘iz savdosi milliardlab dollarga yetkaziladi – Oqilbek Japarov
O‘zbek-qirg‘iz savdosi milliardlab dollarga yetkaziladi – Oqilbek Japarov
Sputnik O‘zbekiston
"Qirg‘iziston – O‘zbekiston" biznes-forumida Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov nutq so‘zladi. 26.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-26T11:54+0500
2023-01-26T11:54+0500
2023-01-27T14:30+0500
bishkek
forum
shavkat mirziyoyevning qirg‘izistonga davlat tashrifi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/1a/31718542_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_243c95d8a66de7612879089a80ae0bc2.jpg
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Yaqin kelajakda O‘zbekiston va Qirg‘iziston tovar ayirboshlash hajmi milliardlab dollarga yetadi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov Bishkekda bo‘lib o‘tayotgan biznes forumda ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022-yilning 11 oyi davomida ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 543,2 million dollarni tashkil etgan. 2021-yilning shu davriga nisbatan 21 foizga o‘sgan.Ta’kidlanishicha, hamkorlik mexanizmlarini samarali shakllantirish, burokratiyani minimallashtirish va ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish, tovarlar va sarmoyalarning erkin harakatlanishini ta’minlash zarur. Hozirda Qirg‘izistonda O‘zbekiston sarmoyasi ishtirokidagi 60 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning, 22 tasi qo‘shma korxona va 38 tasi to‘liq O‘zbekiston kapitali ishtirokida tashkil etilgan.Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Qirg‘iziston uchun ishonchli qo‘shni, qardosh davlat va strategik sherikdir. Bugungi kunda mamlakatlar o‘rtasida yuqori darajadagi strategik hamkorlik o‘rnatilgan, konstruktiv va ishonchli muloqot yo‘lga qo‘yilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/1a/31718542_143:0:1280:853_1920x0_80_0_0_d5f8c9eee58e7df83a8c465d3f482501.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bishkek, forum
O‘zbek-qirg‘iz savdosi milliardlab dollarga yetkaziladi – Oqilbek Japarov
11:54 26.01.2023 (yangilandi: 14:30 27.01.2023) "Qirg‘iziston – O‘zbekiston" biznes-forumida Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov nutq so‘zladi.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Yaqin kelajakda O‘zbekiston va Qirg‘iziston tovar ayirboshlash hajmi milliardlab dollarga yetadi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov
Bishkekda bo‘lib o‘tayotgan biznes forumda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022-yilning 11 oyi davomida ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 543,2 million dollarni tashkil etgan. 2021-yilning shu davriga nisbatan 21 foizga o‘sgan.
"Albatta, bu strategik hamkorlarning o‘zaro savdosi uchun chegaraviy ko‘rsatkichlar emas. Umid qilamanki, yaqin kelajakda tovar ayirboshlash hajmi milliardlab dollarga yetadi. Mamlakatlarimiz ishlab chiqaruvchilar, ishlab chiqaruvchilar uyushmalari, savdo-sanoat palatalari va boshqa xo‘jalik birlashmalari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirishimiz zarur”, - deydi Japarov.
Ta’kidlanishicha, hamkorlik mexanizmlarini samarali shakllantirish, burokratiyani minimallashtirish va ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish, tovarlar va sarmoyalarning erkin harakatlanishini ta’minlash zarur.
Hozirda Qirg‘izistonda O‘zbekiston sarmoyasi ishtirokidagi 60 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning, 22 tasi qo‘shma korxona va 38 tasi to‘liq O‘zbekiston kapitali ishtirokida tashkil etilgan.
“Biz Qirg‘iziston iqtisodiyotini rivojlantirishga investitsiyalar, ilg‘or texnologiyalar va o‘zbek kompaniyalari boshqaruvini jalb qilishdan manfaatdormiz", - deya qo‘shimcha qildi Oqilbek Japarov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Qirg‘iziston uchun ishonchli qo‘shni, qardosh davlat va strategik sherikdir. Bugungi kunda mamlakatlar o‘rtasida yuqori darajadagi strategik hamkorlik o‘rnatilgan, konstruktiv va ishonchli muloqot yo‘lga qo‘yilgan.