https://oz.sputniknews.uz/20230126/hindistonda-250-dan-ortiq-titanozavr-tuxumlari-topildi-31720963.html
Hindistonda 250 dan ortiq titanozavr tuxumlari topildi
Hindistonda 250 dan ortiq titanozavr tuxumlari topildi
Sputnik O‘zbekiston
Titanozavrlar yoki zauropodlar uzun bo‘yinli katta o‘txo‘r dinozavrlardir. 26.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-26T12:45+0500
2023-01-26T12:45+0500
2023-01-26T14:14+0500
olimlar
hindiston
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/19/31713365_5:0:1020:571_1920x0_80_0_0_5ff7f0b614c75621134c383e5cf2e207.jpg
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Paleontolog Harsha Dhiman boshchiligidagi hind paleontologlari guruhi Hindistonning Dhar tumanida titanozavr tuxumlarini topdi. Bu haqda “New Science” portali yozmoqda.Titanozavrlar yoki zauropodlar uzun bo‘yinli katta o‘txo‘r dinozavrlardir. Ular Yer yuzida yura davridan to bo‘r davrigacha (201-66 million yil avval) yashagan.Titanozavrlar qoldiqlarining aksariyati Janubiy Amerikada topilgan. Hindistonda titanozavrlarning suyaklari va tuxumlari avvalroq Narmada vodiysidan topilgan. Yaqinda tadqiqotchilar Madxya-Pradesh shtatining Dhar tumanida 92 ta titanozavr nasllarini topdi.Bu yerda jami 256 dona tuxum bo‘lgan. Olimlar tuxumlar titanozavrlarning har xil turlariga tegishli ekanligini aniqlagan. Shunisi e’tiborga loyiqki, katta yoshli hayvonlarning suyaklari topilmagan.Tuproq tahlillari shuni ko‘rsatganki, bu yerda bundan 67-68 million yil oldin hovuz yoki ko‘l qirg‘og‘i bo‘lgan. Tadqiqotchilarning fikricha, titanozavrlar bu joydan faqat ko‘payish uchun foydalangan, lekin boshqa joyda yashagan. Bundan tashqari, suyaklar chuqurroq tuproq qatlamlarida saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin.Qayd etilishicha, tuxumlar turli shakl va o‘lchamlarda. Ulardan ba’zilari butun, ba’zilari singan yoki shakli o‘zgartirilgan. Kelgusi oylarda olimlar titanozavr tishlarini va embrionlarini topish uchun izlanish olib bormoqchi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/19/31713365_132:0:893:571_1920x0_80_0_0_a47ef0e1c232661fd6ba8018e0765c0b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
olimlar, hindiston, dunyoda
olimlar, hindiston, dunyoda
Hindistonda 250 dan ortiq titanozavr tuxumlari topildi
12:45 26.01.2023 (yangilandi: 14:14 26.01.2023) Titanozavrlar yoki zauropodlar uzun bo‘yinli katta o‘txo‘r dinozavrlardir.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Paleontolog Harsha Dhiman boshchiligidagi hind paleontologlari guruhi Hindistonning Dhar tumanida titanozavr tuxumlarini topdi. Bu haqda “New Science”
portali yozmoqda. Titanozavrlar yoki zauropodlar uzun bo‘yinli katta o‘txo‘r dinozavrlardir. Ular Yer yuzida yura davridan to bo‘r davrigacha (201-66 million yil avval) yashagan.
Titanozavrlar qoldiqlarining aksariyati Janubiy Amerikada topilgan. Hindistonda titanozavrlarning suyaklari va tuxumlari avvalroq Narmada vodiysidan topilgan. Yaqinda tadqiqotchilar Madxya-Pradesh shtatining Dhar tumanida 92 ta titanozavr nasllarini topdi.
Bu yerda jami 256 dona tuxum bo‘lgan. Olimlar tuxumlar titanozavrlarning har xil turlariga tegishli ekanligini aniqlagan. Shunisi e’tiborga loyiqki, katta yoshli hayvonlarning suyaklari topilmagan.
Tuproq tahlillari shuni ko‘rsatganki, bu yerda bundan 67-68 million yil oldin hovuz yoki ko‘l qirg‘og‘i bo‘lgan. Tadqiqotchilarning fikricha, titanozavrlar bu joydan faqat ko‘payish uchun foydalangan, lekin boshqa joyda yashagan. Bundan tashqari, suyaklar chuqurroq tuproq qatlamlarida saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin.
Qayd etilishicha, tuxumlar turli shakl va o‘lchamlarda. Ulardan ba’zilari butun, ba’zilari singan yoki shakli o‘zgartirilgan. Kelgusi oylarda olimlar titanozavr tishlarini va embrionlarini topish uchun izlanish olib bormoqchi.