Olti yilda 8 baravar o‘sdi: o‘zbek-qirg‘iz munosabatlari haqida
20:27 25.01.2023 (yangilandi: 14:30 27.01.2023)
© Pravitelstvo Kirgizskoy RespublikiPremyer-ministr Kirgizstana Ulukbek Maripov pribil s rabochey poyezdkoy v Respubliku Uzbekistan
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Qirg‘izistonning savdo iqtisodiy aloqalari qanday rivojlanmoqda? Ikki respublika birgalikda qanday qo‘shma loyihalarda ishtirok etmoqda? Batafsil Sputnik maqolasida.
TOShKENT, 25 yanv – Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston munosabatlari 2017-yildan buyon o‘zgacha sur’atda o‘sib kelmoqda va o‘sish nafaqat iqtisodiy, balkim ijtimoiy va madaniy sohalarda ham ko‘zga tashlanmoqda.
Yon qo‘shning - jon qo‘shning
Bugungi kunda O‘zbekiston va Qirg‘izistonning uzunligi 1,38 ming km bo‘lgan chegara chizig‘ida birorta ham bahsli yoki kelishilmagan bo‘lak qolmadi. O‘zaro chegaraning 100% delimitatsiya va demarkatsiya qilindi. Bunga erishi uchun nafaqat diplomatiya, balkim ikki tomondan ham bir-biri tomon qo‘yilgan qadamlar, o‘zaro qo‘shnichilik munosabatlarini yaxshilashga va rivojlantirishga bo‘lgan intilish sabab bo‘ldi.
Chegara muammolari hal bo‘lgan zamon iqtisodiy munosabatlar, chegaraoldi savdosi va o‘zaro turizm ildam rivojlana boshladi.
Masalan o‘tgan yilda o‘zbekistonliklar turizm maqsadida eng ko‘p tashrif burgan davlat Qirg‘iziston bo‘ldi - 2,4 mln kishi, ikkinchi o‘rinda Qozog‘iston - 1 mln kishi.
O‘zaro savdo va investitsiyalar
Qirg‘iziston va O‘zbekiston orasida o‘zaro savdo-sotiq so‘nggi 6-yil ichida 8 baravarga o‘sib, 2022-yil yakunlari bo‘yicha 1,3 milliard dollarni tashkil qildi. Bugun ikki respublika ushbu ko‘rsatkichni yaqin kelajakda 2 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilishgan.
O‘zbekistonda Qirg‘izistonning kapitali ishtirokidagi 320 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda, 2023-yil 1-yanvar holatiga. Ulardan 66 tasi 2022-yilda tashkil etilgan.
Qirg‘izistonda O‘zbekiston sarmoyasi ishtirokidagi 60 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ulardan 22 tasi qo‘shma korxonalar, 38 tasi to‘liq O‘zbekiston kapitali ishtirokidagi korxonalardir.
Transport sohasida 2022-yilda xalqaro yuk tashish hajmi 5 million tonnani (+40,3 foiz) tashkil etdi. Undan 1,9 mln. tonna - temiryo‘l transporti, 3 mln tonna - avtomobil transporti.
Undan tashqari, bugungi kunda O‘zbekiston tijorat avtomobillari va yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish, yigiruv va to‘qimachilik korxonalarini qurish va kengaytirish, qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
Qo‘shma loyihalarda ishtiroki
Qambarota-1 GES. O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston qo‘shma investitsiyalar hisobidan ushbu GESni qurishga kelishib olishdi, 2023-yil 6-yanvar.
“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li. Ayni damda xitoylik mutaxassislar ushbu loyiha bo‘yicha dala ishlarini yakunlashgan. Bishkekda loyiha ofisi ochilgan.
“Kogart” kichik GES. O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara yaqinida quvvati 6,7 MVt bo‘lgan “Kogart” kichik GES qurilishi haqida 2022-yilning 18-oktabrida kelishib olishdi;
YeOII doirasida hamkorlik. O‘zbekiston YeOIIga kuzatuvchi maqomida qo‘shilganidan so‘ng ushbu Ittifoq davlatlari, jumladan, Qirg‘iziston bilan ham iqtisodiy munosabatlar ildam rivojlanib kelmoqda. 2022-yilda O‘zbekiston tashqi savdosida YeOII ulushi 35%ni tashkil qildi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston qo‘shma investitsiya fondi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston vazirliklari tomonidan 2021-yilning 11-martida “O‘zbekiston – Qirg‘iziston qo‘shma investitsion fondi” tashkil qilishga kelishib olishgan edi. Uning dastlabki hajmi 50 mln dollar, bo‘lishi va kelajakda 200 mln dollarga yetkazish maqsad qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-27 yanvar kunlari davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonda bo‘ladi.