https://oz.sputniknews.uz/20230119/ozbekistonda-onkologik-kasalliklarni-davolovchi-dori-vositalari-ishlab-chiqariladi---ssv-31573364.html
O‘zbekistonda onkologik kasalliklarni davolovchi dori vositalari ishlab chiqariladi - SSV
O‘zbekistonda onkologik kasalliklarni davolovchi dori vositalari ishlab chiqariladi - SSV
Sputnik O‘zbekiston
Prezidentning Singapurga davlat tashrifi doirasida farmatsevtika yo‘nalishi bo‘yicha ikkita kelishuv bitimi imzolandi. 19.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-19T07:06+0500
2023-01-19T07:06+0500
2023-01-19T10:37+0500
jamiyat
tibbiyot muassasi
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/02/22495719_0:174:3021:1873_1920x0_80_0_0_86f17a70ea1b5a6419327f4af922f393.jpg
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda immunobiologik preparatlar va onkologik kasalliklarni davolovchi dori vositalari ishlab chiqariladi. Bu haqda cog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov ma’lum qildi.Prezidentning Singapurga davlat tashrifi doirasida farmatsevtika yo‘nalishi bo‘yicha ikkita kelishuv bitimi imzolandi.Ushbu mamlakatning “Meynxardt Grup” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilayotgan Loyihalashtirish va injiniring markazi bilan immunobiologik preparatlar ishlab chiqaruvchi, umumiy qiymati 49 million dollarga teng farmatsevtika korxonasi ochilishi belgilandi.Mamlakatda kasalliklar profilaktikasi va davolash jarayonida qo‘llaniladigan quyidagi preparatlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi:Bundan tashqari, “SiPiDji Interneyshnl” kompaniyasi hamkorligida ochilayotgan O‘zbekiston — Singapur investitsiya korxonasi bilan ildiz hujayralari asosida dori vositalari tayyorlovchi biofarmatsevtika kompleksini tashkil etishga qaratilgan qiymati 100 million dollarlik loyihani ro‘yobga chiqarishga kelishildi.Loyihaning amalga oshirilishi tufayli onkologik kasalliklar muolajasi, ko‘mik to‘qimalari transplantologiyasi hamda markaziy asab tizimi hujayralarini tiklashda qo‘llaniladigan biofarmatsevtik vositalar ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/02/22495719_199:12:2552:1777_1920x0_80_0_0_5835f147e44116c143c07a2a05e0a84d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
jamiyat, tibbiyot muassasi, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
jamiyat, tibbiyot muassasi, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
O‘zbekistonda onkologik kasalliklarni davolovchi dori vositalari ishlab chiqariladi - SSV
07:06 19.01.2023 (yangilandi: 10:37 19.01.2023) Prezidentning Singapurga davlat tashrifi doirasida farmatsevtika yo‘nalishi bo‘yicha ikkita kelishuv bitimi imzolandi.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda immunobiologik preparatlar va onkologik kasalliklarni davolovchi dori vositalari ishlab chiqariladi. Bu haqda cog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov
ma’lum qildi. Prezidentning Singapurga davlat tashrifi doirasida farmatsevtika yo‘nalishi bo‘yicha ikkita kelishuv bitimi imzolandi.
Ushbu mamlakatning “Meynxardt Grup” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilayotgan Loyihalashtirish va injiniring markazi bilan immunobiologik preparatlar ishlab chiqaruvchi, umumiy qiymati 49 million dollarga teng farmatsevtika korxonasi ochilishi belgilandi.
Mamlakatda kasalliklar profilaktikasi va davolash jarayonida qo‘llaniladigan quyidagi preparatlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi:
vaksina, anatoksin, probiotik va eubiotiklar;
immunoglobulin va immun zardoblari, gen injenerligi yo‘li bilan olingan monoklonal antitanalar;
immun korreksiyasi, immun tanqisligi muolajasi va profilaktikasida qo‘llaniladigan immunomodulyatorlar (interleykin, interferon, timus gormonlari, miyelopeptidlar, o‘sma nekrozi omili, o‘sish omillari va boshqalar).
Bundan tashqari, “SiPiDji Interneyshnl” kompaniyasi hamkorligida ochilayotgan O‘zbekiston — Singapur investitsiya korxonasi bilan ildiz hujayralari asosida dori vositalari tayyorlovchi biofarmatsevtika kompleksini tashkil etishga qaratilgan qiymati 100 million dollarlik loyihani ro‘yobga chiqarishga kelishildi.
Loyihaning amalga oshirilishi tufayli onkologik kasalliklar muolajasi, ko‘mik to‘qimalari transplantologiyasi hamda markaziy asab tizimi hujayralarini tiklashda qo‘llaniladigan biofarmatsevtik vositalar ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.