O‘tgan yili kashf etilgan yorqin kometa Yerdan minimal masofada uchib o‘tadi - tafsilotlar

© Sputnik / Vitaly Timkiv / Mediabankka o‘tishKometa NeoWise v nebe nad Krasnodarskim krayem
Kometa NeoWise v nebe nad Krasnodarskim krayem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, hozir kometa Quyosh tizimining ichki hududi bo‘ylab harakatlanmoqda. U 1-fevralda Yerga minimal masofada yaqinlashadi.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. O‘tgan yilning mart oyida kashf etilgan C/2022 E3 (ZTF) kometasi 1-fevral kuni Yerdan minimal masofada uchib o‘tadi. Bu haqda Moskva planetariysi ma’lum qildi.
Kometaning yorqinligi +5 - +4 yulduz kattaligiga yetishi, gazsimon dumining uzunligi esa 10 darajadan ortishi taxmin qilinmoqda.
Bu shahar yoritilishi yo‘q bo‘lganda, uni oddiy ko‘z bilan ham ko‘rish mumkinligini anglatadi. Ayniqsa Rossiya va shimoliy yarim sharning barcha mamlakatlari uchun juda yaxshi ko‘rinish sharoitlariga ega bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, hozir kometa Quyosh tizimining ichki hududi bo‘ylab harakatlanmoqda. U 12-yanvarda Quyoshga eng yaqin nuqtaga yetib bordi va 1-fevralda u Yerdan minimal masofada uchib o‘tadi.

“Shu kuni Yer sayyorasi va kometa o‘rtasidagi masofa 42 million kilometrga (Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan masofaning uchdan bir qismidan kam) teng bo‘ladi. Kometaning tungi osmondagi “yo‘li” to‘g‘ridan-to‘g‘ri Katta ayiq va Qutb yulduzi o‘rtasidan o‘tadi”, - deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, mazkur kometa uzoq muddatli kometa sifatida tasniflangan va o‘shandan beri u yorqinligini sezilarli darajada oshirdi. Ayni paytda, astronomlarning fikriga ko‘ra, u faqat teleskop yordamida tong otguncha osmonda xira dog‘ shaklida ko‘rinadi.
Yangiliklar lentasi
0