Jizzaxda Samarqand davlat tibbiyot universiteti filiali tashkil etilishi kutilmoqda

© Farg‘ona viloyati xokimligiMarkaziy Osiyo tibbiyot universiteti
Markaziy Osiyo tibbiyot universiteti  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2023
Obuna bo‘lish
2023/2024 o‘quv yilidan Jizzax davlat pedagogika universitetining "Davolash ishi" va "Pediatriya ishi" bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishini Samarqand davlat tibbiyot universitetining Jizzax filialida davom ettirishlariga ruxsat beriladi.
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Samarqand davlat tibbiyot universitetining Jizzax filiali tashkil etiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ishlab chiqqan qaror loyihasida nazarda tutilgan.
Jizzax shahrida Samarqand davlat tibbiyot universitetining Jizzax filiali hamda Jizzax viloyatida eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan viloyat Bolalar diagnostika markazi tashkil etiladi.
Filialda xorijning ilg‘or oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik asosida tajriba almashish dasturlarini yo‘lga qo‘yish nazarda tutilmoqda. Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot- kommunikatsiya texnologiyalari, ilm-fan va texnikaning yangi yutuqlarini joriy etish hamda yetakchi xorijiy olim va mutaxassislar jalb qilish ham ko‘zda tutilmoqda.
2023/2024 o‘quv yilidan Jizzax davlat pedagogika universitetining "Davolash ishi" va "Pediatriya ishi" bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishini Samarqand davlat tibbiyot universitetining Jizzax filialida davom ettirishlariga ruxsat beriladi.
Ta’kidlanishicha, viloyatda bolalarda uchraydigan turli kasallik va nuqsonlarni erta aniqlash va tashxis qo‘yish ishlari yaxshi tashkil etilmaganligi sababli go‘daklar kasallanishi soni ortib bomoqda.

Mazkur hujjat qabul qilinsa, viloyatda bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatning sifati va samaradorligini oshadi, bolalarga kasalliklarni erta aniqlashga imkoniyat yaratiladi.

Loyihani tayyorlashda qator davlatlar, xususan, Rossiya, Belarus, Janubiy Koreya, Germaniya, Xitoy va boshqa mamlakatlar tajribasi o‘rganilgan.
Yangiliklar lentasi
0