https://oz.sputniknews.uz/20230105/tibbiyot-muassasalariga-kuchli-quvvatga-ega-quyosh-panellari-ornatiladi---ssv-31262759.html
Tibbiyot muassasalariga kuchli quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatiladi - SSV
Tibbiyot muassasalariga kuchli quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatiladi - SSV
Sputnik O‘zbekiston
2022-2023 yillarda Sog‘liqni saqlash tizimidagi 1 540 ta tibbiyot muassasasiga muqobil energiya manbalarini o‘rnatish belgilangan. 05.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-05T07:31+0500
2023-01-05T07:31+0500
2023-01-05T07:31+0500
jamiyat
quyosh elektrstansiyasi
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
tibbiyot muassasi
quyosh suv isitish qurilmalari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/05/31262860_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_7b101d8b34c00e3916aa4d3d6f7f0db3.jpg
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda shu yilning o‘zida 1 008 ta tibbiyot obyektida 4 427 kVt. quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatiladi. Bu haqda Cog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov ishtirokida bo‘lib o‘tgan vazirlik Hay’at yig‘ilishida ma’lum qilindi.Qayd etilishicha, tibbiyot muassasalarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida jami 437 ta dizel generatori xarid qilindi. Ularning barchasi yanvar-fevral oylarida joylarga yetkazib beriladi.Bundan tashqari, 2022-2023 yillarda Sog‘liqni saqlash tizimidagi 1 540 ta tibbiyot muassasasiga muqobil energiya manbalarini o‘rnatish belgilangan.Hozir 107 ta tibbiyot muassasasiga 124 kVt. quvvatga ega quyosh panellari, 4 400 litr hajmdagi quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatildi.Shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimiga ajratilgan mablag‘lar doirasida jami 425 ta 2 352 kVt. quvvatga ega quyosh panellari xarid qilindi va ular joriy yilning birinchi choragida o‘rnatib, ishga tushiriladi. Shundan 375 tasi mahalla tibbiyot punktlari hamda 50 tasi oilaviy shifokorlik punktlari hamda oilaviy poliklinikalar uchun mo‘ljallangan.Qolaversa, vazirlikning ma’muriy binosiga 100 kVt. quvvatga ega quyosh panellarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/05/31262860_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_c8fdf6b3d9167c4adf61333dd5bafab7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, quyosh elektrstansiyasi, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), tibbiyot muassasi, quyosh suv isitish qurilmalari
jamiyat, quyosh elektrstansiyasi, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), tibbiyot muassasi, quyosh suv isitish qurilmalari
Tibbiyot muassasalariga kuchli quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatiladi - SSV
2022-2023 yillarda Sog‘liqni saqlash tizimidagi 1 540 ta tibbiyot muassasasiga muqobil energiya manbalarini o‘rnatish belgilangan.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda shu yilning o‘zida 1 008 ta tibbiyot obyektida 4 427 kVt. quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatiladi. Bu haqda Cog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov ishtirokida bo‘lib o‘tgan vazirlik Hay’at yig‘ilishida ma’lum
qilindi. Qayd etilishicha, tibbiyot muassasalarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida jami 437 ta dizel generatori xarid qilindi. Ularning barchasi yanvar-fevral oylarida joylarga yetkazib beriladi.
Bundan tashqari, 2022-2023 yillarda Sog‘liqni saqlash tizimidagi 1 540 ta tibbiyot muassasasiga muqobil energiya manbalarini o‘rnatish belgilangan.
Hozir 107 ta tibbiyot muassasasiga 124 kVt. quvvatga ega quyosh panellari, 4 400 litr hajmdagi quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatildi.
Shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimiga ajratilgan mablag‘lar doirasida jami 425 ta 2 352 kVt. quvvatga ega quyosh panellari xarid qilindi va ular joriy yilning birinchi choragida o‘rnatib, ishga tushiriladi. Shundan 375 tasi mahalla tibbiyot punktlari hamda 50 tasi oilaviy shifokorlik punktlari hamda oilaviy poliklinikalar uchun mo‘ljallangan.
Qolaversa, vazirlikning ma’muriy binosiga 100 kVt. quvvatga ega quyosh panellarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.