Putin va Erdog‘an telefon muloqoti - tafsilotlar

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin obshayetsya po telefonu, arxivnoe foto
Prezident RF Vladimir Putin obshayetsya po telefonu, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2023
Obuna bo‘lish
Putin Erdog‘an bilan mintaqaviy va ikki tomonlama aloqalar xususida suhbatlashdi.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda RIA Novosti Turkiya yetakchisining devonxonasiga asoslanib, xabar berdi.
Ikki davlat yetakchilari muloqot chog‘ida ikki tomonlama aloqalar, Ukrainadagi vaziyat va Suriya inqirozini muhokama qildi.
“Prezident Rajab Toyyib Erdog‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Muloqot chog‘ida Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi aloqalar, xususan energetika hamda mintaqaviy masalalar muhokama qilindi”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, suhbat davomida gaz xabi loyihasi ham muhokama qilingan. Rasmiy Anqara loyiha “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash ishlari tezroq yakunlanishiga umid bildirgan.
Shuningdek, Erdo‘g‘an Putin bilan telefon orqali muloqot chog‘ida Suriya bo‘yicha natijalarga erishish uchun Damashq tomonidan siyosiy qadamlar qo‘yish zarurligini aytdi.
“Prezident Erdog‘an, Suriyada aniq natijalarga erishish uchun KIP/PYD/YPG terror tashkilotini Turkiya bilan chegaradosh hududlar, ayniqsa (Suriya - tahr.) Tel-Rifat va Manbijdan chiqarish uchun siyosiy jarayonda aniq qadamlar tashlash kerakligini, rejim konstruktiv bo‘lib, ba’zi qadamlar tashlashi kerakligini ta’kidladi”, - deya xabar qilgan prezident devonxonasi.
Erdog‘an Ukraina mavzusiga ham to‘xtalib, tezroq o‘t ochishni to‘xtatish va inqirozni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi.
Yangiliklar lentasi
0