G‘arb Ukrainaga homiylik qilishni qachon to‘xtatishi mumkin

© AP Photo / Evgeniy MaloletkaUkrainskiy flag i monument "Rodina-Mat" v Kiyeve, Ukraina.
Ukrainskiy flag i monument Rodina-Mat v Kiyeve, Ukraina. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.01.2023
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, Zelenskiy jang maydonida olg‘a intilishni to‘xtatsa, G‘arb Ukrainaga homiylik qilishni to‘xtatishi mumkin.
TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Agar Vladimir Zelenskiy jang maydonida olg‘a intilishni to‘xtatsa, G‘arb Ukrainaga homiylik qilishni to‘xtatishi mumkin. Bu haqda AQSh sobiq prezidenti Jorj Bushning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maxsus maslahatchisi Maykl Allen “Fox News” telekanaliga ma’lum qildi.

“Zelenskiy gaz pedalini bosishda davom etish kerakligini tushunadi - aks holda G‘arb charchab, Ukrainani moliyalashtirishni to‘xtatishi mumkin”, - dedi ekspert.

Allenning ta’kidlashicha, hozircha hech kim murosaga kelishni istamaydi.
Zelenskiy o‘tgan yilning dekabr oyida Vashingtonga tashrif buyurgan hamda u yerda Oq uy rahbari Jo Bayden va Kongress rahbariyati bilan uchrashgan edi. Uning tashrifi arafasida Kiyevga 1,85 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketi e’lon qilindi, unga boshqa narsalar qatori Patriot zenit-raketa tizimlari batareyasi ham kiradi.
Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi boshlanganidan beri AQSh va uning ittifoqchilari Ukraina Qurolli kuchlariga milliardlab dollarlik harbiy texnika yetkazib berdi. Moskva G‘arb mojaroni uzaytirishga intilayotganini bir necha bor ta’kidlagan. Rossiya Mudofaa vazirligi xorijiy o‘q-dorilar saqlanadigan omborlar qonuniy nishonga aylanishini ma’lum qilgan.
Yangiliklar lentasi
0