Malginov: O‘zbekiston va Rossiyaning Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan qarashlari mos keladi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovOleg Malginov, posol Rossiyskoy Federatsii v Respublike Uzbekistan.
Oleg Malginov, posol Rossiyskoy Federatsii v Respublike Uzbekistan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi terrorchilarning mintaqadagi qo‘shni mamlakatlarga o‘tishiga qarshi kurashish ikki davlat hamkorligining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiyaning Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan qarashlari mos keladi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Diplomat OAV vakillari uchun tashkil etilgan matbuot anjumanida bugungi kunda Afg‘onistonni umanitar yordam va mojarodan keyingi tiklash masalalari birinchi o‘ringa chiqishini tushunishda Moskva va Toshkent yakdil ekanini aytdi. Bunda Afg‘oniston iqtisodiyotidagi qiyin vaziyat va mintaqadagi migratsiya holatining kuchayishi xavfini hisobga olish zarur.
“Radikal elementlarning u yerda davom etayotgan faolligini hisobga olib, terrorchilarning mintaqadagi qo‘shni mamlakatlarga o‘tishiga qarshi kurashish hamkorligimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda”, - dedi Rossiya elchisi.
Nurilla Abdullayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2022
Mirziyoyevning Afg‘oniston bo‘yicha tashabbusi BMT Xavfsizlik kengashida taqdim etildi
Yangiliklar lentasi
0