https://oz.sputniknews.uz/20221223/odam-papilloma-virusiga-qarshi-emlash-boyicha-tavsiyalar-yangilandi---jsst-30990523.html
Odam papilloma virusiga qarshi emlash bo‘yicha tavsiyalar yangilandi - JSST
Odam papilloma virusiga qarshi emlash bo‘yicha tavsiyalar yangilandi - JSST
Sputnik O‘zbekiston
JSST ekspertlari qayd etishicha, immuniteti zaif, OIV infeksiyasidan aziyat chekadigan ayollar birinchi navbatda emlanishi shart. 23.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-23T13:32+0500
2022-12-23T13:32+0500
2022-12-23T13:32+0500
jamiyat
jsst
emlash
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/0f/21351549_0:104:3273:1945_1920x0_80_0_0_870adcbf28ca9d8869842eaef3d5fde6.jpg
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti odam papilloma virusiga qarshi emlash bo‘yicha tavsiyalarini yangiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.Odam papilloma virusining 200 dan ortiq turi mavjud bo‘lib, shundan 13 tasi onkologik kasalliklarga sabab bo‘ladi. Xususan, virusga qarshi o‘z vaqtida vaksina olinmasa, 16 va 18-tiplari bachadon bo‘yni saratonini keltirib chiqarishi isbotlangan.Biroq mutaxassislar dunyo bo‘yicha mazkur xavfli kasallikka qarshi emlash qamrovi pasayib ketganidan xavotirda. Xususan, 2019-2021 yillarda vaksina olganlar soni 15-25 foizga kamaygan. Ya’ni 3,5 million nafar qiz emlash jarayonidan chetda qolgan.Shu bois Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti odam papilloma virusiga qarshi emlash bo‘yicha tavsiyalarini yangiladi.Undan quyidagi ko‘rsatmalar o‘rin olgan:JSST ekspertlari qayd etishicha, immuniteti zaif, OIV infeksiyasidan aziyat chekadigan ayollar birinchi navbatda emlanishi shart. Ular xastalikka qarshi vaksinaning kamida ikki, imkoni bo‘lsa, uch dozasini qabul qilishlari lozim.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda odam papilloma virusiga qarshi emlash 2019-yilda boshlangan. SSV ma’lumotlariga ko‘ra, har yili O‘zbekistonda o‘rtacha 1700 nafarga yaqin ayolda odam papilloma virusi sababli bachadon bo‘yni saratoni kasalligi aniqlanmoqda. Respublikada 12-14 yoshli qizlar o‘rtasida emlash jarayoni o‘tkazilmoqda. Chunki ayni shu yosh oralig‘ida vaksinadan so‘ng immunitet eng kuchli shakllanadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/0f/21351549_271:0:3002:2048_1920x0_80_0_0_73613048831e0d0dc60899b32f3be6a9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, jsst, emlash
Odam papilloma virusiga qarshi emlash bo‘yicha tavsiyalar yangilandi - JSST
JSST ekspertlari qayd etishicha, immuniteti zaif, OIV infeksiyasidan aziyat chekadigan ayollar birinchi navbatda emlanishi shart.
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti odam papilloma virusiga qarshi emlash bo‘yicha tavsiyalarini yangiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum
qildi. Odam papilloma virusining 200 dan ortiq turi mavjud bo‘lib, shundan 13 tasi onkologik kasalliklarga sabab bo‘ladi. Xususan, virusga qarshi o‘z vaqtida vaksina olinmasa, 16 va 18-tiplari bachadon bo‘yni saratonini keltirib chiqarishi isbotlangan.
Biroq mutaxassislar dunyo bo‘yicha mazkur xavfli kasallikka qarshi emlash qamrovi pasayib ketganidan xavotirda. Xususan, 2019-2021 yillarda vaksina olganlar soni 15-25 foizga kamaygan. Ya’ni 3,5 million nafar qiz emlash jarayonidan chetda qolgan.
Shu bois Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti odam papilloma virusiga qarshi emlash bo‘yicha tavsiyalarini yangiladi.
Undan quyidagi ko‘rsatmalar o‘rin olgan:
9-14 yoshli qizlar vaksinaning birinchi yoki ikkinchi dozasini qabul qilishi lozim;
15-20 yoshli xotin-qizlar bir yoki ikki bosqichda emlanishi kerak;
21 yoshdan oshgan ayollar 6 oylik oraliq bilan ikki dozada vaksina olishi zarur.
JSST ekspertlari qayd etishicha, immuniteti zaif, OIV infeksiyasidan aziyat chekadigan ayollar birinchi navbatda emlanishi shart. Ular xastalikka qarshi vaksinaning kamida ikki, imkoni bo‘lsa, uch dozasini qabul qilishlari lozim.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda odam papilloma virusiga qarshi emlash 2019-yilda boshlangan. SSV ma’lumotlariga ko‘ra, har yili O‘zbekistonda o‘rtacha 1700 nafarga yaqin ayolda odam papilloma virusi sababli bachadon bo‘yni saratoni kasalligi aniqlanmoqda. Respublikada 12-14 yoshli qizlar o‘rtasida emlash jarayoni o‘tkazilmoqda. Chunki ayni shu yosh oralig‘ida vaksinadan so‘ng immunitet eng kuchli
shakllanadi.