https://oz.sputniknews.uz/20221220/vengriya-30902757.html
Vengriya Yevrokomissiyani Rossiyaga qarshi sanksiyalar oqibatlarini tahlil qilishga chaqirdi
Vengriya Yevrokomissiyani Rossiyaga qarshi sanksiyalar oqibatlarini tahlil qilishga chaqirdi
Sputnik O‘zbekiston
Vengriya bosh vaziri maslahatchisi energetika mamlakat uchun taqiqlangan hudud ekanini aytdi. 20.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-20T20:16+0500
2022-12-20T20:16+0500
2023-04-05T18:42+0500
dunyoda
vengriya
yevropa ittifoqi
sanksiyalar
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/13/16037722_0:267:3087:2003_1920x0_80_0_0_9cc1fafe94903d053ed2e87f46ed8cd9.jpg
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Vengriya Yevropa komissiyasini Rossiyaga qarshi sanksiyalar oqibatlarini tahlil qilishga chaqiradi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri maslahatchisi Balaj Orban ma’lum qildi.Uning fikricha, ayniqsa yuzaga kelayotgan energetika inqirozi sharoitida sanksiyalarning ittifoqning alohida a’zolariga ta’sirini baholash muhim.Bosh vazir maslahatchisi Vengriya uning iqtisodiyotiga, ayniqsa energetika sohasiga zarar keltiradigan cheklovlardan ozod qilinishiga erishishda davom etishini ta’kidladi.“Energetika – biz uchun taqiqlangan hudud”, - dedi Orban.Shuningdek, u Vengriyada o‘tgan hafta yakunlangan Rossiyaga qarshi YeI sanksiyalari yuzasidan o‘tkazilgan milliy maslahatlashuvlar yakunlari yanvarda ma’lum qilishinishi qo‘shimcha qildi.Avvalroq Vengriya bosh vaziri Viktor Orban YeIni Rossiyaga qarshi energetika sanksiyalarini yil oxiriga qadar bekor qilishga chaqirgan edi.G‘arb Ukrainadagi mojaro tufayli Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi, bu esa Yevropa va Qo‘shma Shtatlarda elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keldi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligini va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi.
vengriya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/13/16037722_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_4ffcf24149d334df5d0b729f73c85a0d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, vengriya, yevropa ittifoqi, sanksiyalar, rossiya
dunyoda, vengriya, yevropa ittifoqi, sanksiyalar, rossiya
Vengriya Yevrokomissiyani Rossiyaga qarshi sanksiyalar oqibatlarini tahlil qilishga chaqirdi
20:16 20.12.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) Vengriya bosh vaziri maslahatchisi energetika mamlakat uchun taqiqlangan hudud ekanini aytdi.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Vengriya Yevropa komissiyasini Rossiyaga qarshi sanksiyalar oqibatlarini tahlil qilishga chaqiradi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri maslahatchisi Balaj Orban ma’lum qildi.
“Yevropa komissiyasi sanksiyalar oqibatlarini tahlil qilishi kerak”, - dedi Orban. Uning so‘zlaridan EURActiv portali iqtibos keltirdi.
Uning fikricha, ayniqsa yuzaga kelayotgan energetika inqirozi sharoitida sanksiyalarning ittifoqning alohida a’zolariga ta’sirini baholash muhim.
Bosh vazir maslahatchisi Vengriya uning iqtisodiyotiga, ayniqsa energetika sohasiga zarar keltiradigan cheklovlardan ozod qilinishiga erishishda davom etishini ta’kidladi.
“Energetika – biz uchun taqiqlangan hudud”, - dedi Orban.
Shuningdek, u Vengriyada o‘tgan hafta yakunlangan Rossiyaga qarshi YeI sanksiyalari yuzasidan o‘tkazilgan milliy maslahatlashuvlar yakunlari yanvarda ma’lum qilishinishi qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Vengriya bosh vaziri Viktor Orban YeIni Rossiyaga qarshi energetika sanksiyalarini yil oxiriga qadar bekor qilishga chaqirgan edi.
G‘arb Ukrainadagi mojaro tufayli Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi, bu esa Yevropa va Qo‘shma Shtatlarda elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keldi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligini va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi.