https://oz.sputniknews.uz/20221220/putin-va-lukashenko-yagona-mudofaa-maydoni-yaratish-masalasini-muhokama-qildi-30884117.html
Putin va Lukashenko yagona mudofaa maydoni yaratish masalasini muhokama qildi
Putin va Lukashenko yagona mudofaa maydoni yaratish masalasini muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Putin Lukashenko bilan umumiy mudofaa maydoni masalasini muhokama qilganini aytdi. 20.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-20T10:38+0500
2022-12-20T10:38+0500
2023-04-05T18:42+0500
dunyoda
belarus
aleksandr lukashenko
vladimir putin
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/13/30881009_0:0:3127:1759_1920x0_80_0_0_ae19f655f18f45f5bcbba947a5458836.jpg
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin beloruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenko bilan yagona mudofaa makonini yaratish masalasini muhokama qilganini aytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Lukashenkoning aytishicha, Belarus Rossiya tomonidan berilgan “Iskander” va S-400 majmualarini navbatchilikka qo‘ygan. Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, Belarusda sobiq Sovet Ittifoqi davridan “maxsus o‘q-dorilarni tashishga qodir bo‘lgan samolyotlar qolgan”, hozirda Rossiya ishtirokida uchuvchilar tayyorlanmoqda.Rossiya rahbarining ta’kidlashicha, mamlakatlar o‘rtasidagi harbiy tayyorgarlik sohasidagi hamkorlikning bu shakli “ularning ixtirosi emas”.Avgust oyida Aleksandr Lukashenko Belarusning “Su” toifasidagi samolyotlari yadroviy qurol tashish uchun moslashtirilganini aytgandi.
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/13/30881009_111:0:2842:2048_1920x0_80_0_0_b4fcf5e0a755736bca32a00d1087f197.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
dunyoda, belarus, aleksandr lukashenko, vladimir putin, rossiya
dunyoda, belarus, aleksandr lukashenko, vladimir putin, rossiya
Putin va Lukashenko yagona mudofaa maydoni yaratish masalasini muhokama qildi
10:38 20.12.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) Putin Lukashenko bilan umumiy mudofaa maydoni masalasini muhokama qilganini aytdi.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin beloruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenko bilan yagona mudofaa makonini yaratish masalasini muhokama qilganini aytdi. Bu haqda RIA Novosti
xabar berdi.
“Albatta, bugungi muzokaralar chog‘ida yagona mudofaa makonini shakllantirish, Ittifoq davlati xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, 1-yanvardan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotida raislik Belarusga o‘tishini inobatga olib, KXShT doirasidagi hamkorlik masalalarini atroflicha muhokama qildik”, - dedi Putin muzokaralar yakuni bo‘yicha.
Lukashenkoning aytishicha, Belarus Rossiya tomonidan berilgan “Iskander” va S-400 majmualarini navbatchilikka qo‘ygan. Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, Belarusda sobiq Sovet Ittifoqi davridan “maxsus o‘q-dorilarni tashishga qodir bo‘lgan samolyotlar qolgan”, hozirda Rossiya ishtirokida uchuvchilar tayyorlanmoqda.
Rossiya rahbarining ta’kidlashicha, mamlakatlar o‘rtasidagi harbiy tayyorgarlik sohasidagi hamkorlikning bu shakli “ularning ixtirosi emas”.
“Masalan, Qo‘shma Shtatlar NATO blokidagi ittifoqchilari bilan o‘nlab yillar davomida shunday faoliyat olib bormoqda”, - deydi Putin.
Avgust oyida Aleksandr Lukashenko Belarusning “Su” toifasidagi samolyotlari yadroviy qurol tashish uchun moslashtirilganini aytgandi.