Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Donbassda gumanitar yordam olib ketayotgan jangchilar va muxbir o‘q yomg‘iri ostida qoldi

© Sputnik / Sergey Baturin / Mediabankka o‘tishSotrudniki MChS stoyat vozle voronki, obrazovavsheysya v rezultate obstrela VSU, arxivnoe foto
Sotrudniki MChS stoyat vozle voronki, obrazovavsheysya v rezultate obstrela VSU, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2022
Obuna bo‘lish
Ukraina jangarilari RIA Novosti muxbiri va G‘arbiy harbiy okrug jangchilarini frontning Kremenskoe hududida gumanitar yordam tarqatish paytida o‘qqa tutishdi.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari G‘arbiy harbiy okrug jangchilari frontning Kremenskoe hududida gumanitar yordam tarqatish paytida ukrainalik jangarilarning minomotdan o‘qqa tutishlariga duch kelishdi.
Bu haqda RIA Novosti muxbiri Viktor Antonyuk ma’lum qildi.
“Frontning oldingi chiziqlaridagi jangchilarga gumanitar yordam yetkazish berish to‘g‘risidagi lavhani suratga olayotgan edik. Zirhli texnikada harakatlanayotgan edik, bir payt Ukraina harbiylari mashinani minomot bilan o‘qqa tutishdi”, - dedi u.
Ta’kidlanishicha, buning oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mamlakat Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.
Yangiliklar lentasi
0