https://oz.sputniknews.uz/20221220/davlat-byudjeti-xarajatlari-kelgusi-yilda-257-trln-som-bolishi-kutilmoqda-30885381.html
Davlat budjeti xarajatlari kelgusi yilda 257 trln so‘m bo‘lishi kutilmoqda
Davlat budjeti xarajatlari kelgusi yilda 257 trln so‘m bo‘lishi kutilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Davlat budjeti daromadlari 232,1 trillion so‘m yoki YaIMga nisbatan 21,7 foiz darajasida bo‘lishi kutilmoqda. 20.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-20T11:04+0500
2022-12-20T11:04+0500
2022-12-20T11:04+0500
davlat budjeti
oliy majlis qonunchilik palatasi
moliya vazirligi
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/75/14177569_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_42894f4ddf1101ad677df78d82814088.jpg
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. 2023-yilda O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 1068,0 trillion so‘m, Davlat budjeti 257,7 trillion so‘m bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda “2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi loyihasida so‘z boradi.Kecha, 19-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar "Davlat budjeti to‘g‘risida"gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi.Majlisda kun tartibidagi masala yuzasidan Moliya vaziri Timur Ishmetov, Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisi Sharofiddin Nazarovning ma’ruzasi eshitildi.Qonun loyihasi bilan 2023-yildan boshlab konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligining cheklangan mikdori yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foizdan oshmasligi belgilanmoqda.Davlat budjetining xarajatlari (davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratiladigan transfertlar bilan birga ) 257,7 trillion so‘mni, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 24,1 foizni yoki 2022-yil kutilayotgan ijroga nisbatan 18,9 trln so‘mga ortishi prognoz qilinmoqda.Shuningdek, 2023-yilda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzining yuqori chegarasini 4,5 mlrd dollar hamda ichki obligatsiyalarni muomalaga chiqarishning yuqori chegarasini 17,0 trln so‘m qilib belgilash taklif etilmoqda.Bundan tashqari, 2023-yil uchun mahalliy budjetlar balansliligini ta’minlash maqsadida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hamda foyda solig‘idan tushumlarning Navoiy, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri uchun o‘tkazib beriladigan qismlari qayta ko‘rib chiqilishi rejalashtirilyapti.Muhokamalardan so‘ng qonun loyihasini deputatlar birinchi o‘qishda qabul qilishdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/75/14177569_256:0:2987:2048_1920x0_80_0_0_8ccae79d654fe0005f55fb9d132fbcf0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
davlat budjeti, oliy majlis qonunchilik palatasi, moliya vazirligi, iqtisod
davlat budjeti, oliy majlis qonunchilik palatasi, moliya vazirligi, iqtisod
Davlat budjeti xarajatlari kelgusi yilda 257 trln so‘m bo‘lishi kutilmoqda
Davlat budjeti daromadlari 232,1 trillion so‘m yoki YaIMga nisbatan 21,7 foiz darajasida bo‘lishi kutilmoqda.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. 2023-yilda O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 1068,0 trillion so‘m, Davlat budjeti 257,7 trillion so‘m bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda “2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi loyihasida so‘z boradi.
Kecha, 19-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar "Davlat budjeti to‘g‘risida"gi qonun loyihasini
ko‘rib chiqdi.Majlisda kun tartibidagi masala yuzasidan Moliya vaziri Timur Ishmetov, Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisi Sharofiddin Nazarovning ma’ruzasi eshitildi.
Qonun loyihasi va Budjetnomada yalpi ichki mahsulotning o‘sish surati 5,3 foiz miqdorda bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Xususan, sanoat ishlab chiqarish hajmi 5,1 foiz, qurilish 6,0 foiz, qishloq xo‘jaligi 3,5 foiz, xizmatlar sohasida 6,7 foizga ortishi kutilmoqda. 2023-yilda mamlakatning YaIM 1068,0 trillion so‘mni, Davlat budjeti daromadlari 232,1 trillion so‘m yoki YaIMga nisbatan 21,7 foiz darajasida bo‘lishi kutilmoqda.
Qonun loyihasi bilan 2023-yildan boshlab konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligining cheklangan mikdori yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foizdan oshmasligi belgilanmoqda.
Davlat budjetining xarajatlari (davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratiladigan transfertlar bilan birga ) 257,7 trillion so‘mni, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 24,1 foizni yoki 2022-yil kutilayotgan ijroga nisbatan 18,9 trln so‘mga ortishi prognoz qilinmoqda.
Shuningdek, 2023-yilda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzining yuqori chegarasini 4,5 mlrd dollar hamda ichki obligatsiyalarni muomalaga chiqarishning yuqori chegarasini 17,0 trln so‘m qilib belgilash taklif etilmoqda.
Bundan tashqari, 2023-yil uchun mahalliy budjetlar balansliligini ta’minlash maqsadida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hamda foyda solig‘idan tushumlarning Navoiy, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri uchun o‘tkazib beriladigan qismlari qayta ko‘rib chiqilishi rejalashtirilyapti.
Muhokamalardan so‘ng qonun loyihasini deputatlar birinchi o‘qishda qabul qilishdi.