Omsk viloyati gubernatori Jizzax hokimi bilan uchrashdi

© Xokimiyat Djizakskoy oblastiGubernator Omskoy oblasti Aleksandr Burkov
Gubernator Omskoy oblasti Aleksandr Burkov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2022
Obuna bo‘lish
Jizzax viloyati va Omsk viloyati o‘rtasida Omsk tomoni mashinasozlik, kimyo sanoati, kishloq xo‘jaligi sohalarida qo‘shma loyihalar amalga oshirilishi kutilmoqda.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Jizzax viloyatiga Rossiyaning Omsk viloyati gubernatori boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev Omsk viloyati gubernatori Aleksandr Burkovni viloyat hokimligida qabul qildi.
Aleksandr Burkovning so‘zlariga ko‘ra, shu yil aprel oyida Omsk viloyati hukumati va Jizzax viloyati hokimligi o‘rtasida aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha imzolangan kelishuv kelgusi hamkorlikni rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.
Omsk tomoni viloyatda mashinasozlik, kimyo sanoati, kishloq xo‘jaligi sohalarida qo‘shma loyihalar amalga oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish va hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
© Xokimiyat Djizakskoy oblastiGubernator Omskoy oblasti Aleksandr Burkov
Gubernator Omskoy oblasti Aleksandr Burkov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2022
Gubernator Omskoy oblasti Aleksandr Burkov
Delegatsiyasi a’zolari IT Park Jizzax viloyati filiali faoliyati va yaratilgan shart-sharoitlari bilan tanishishdi.
Tashrifning ikkinchi kunida “Jizzax” EIZda joylashgan “ADM Jizzakh” MChJ, “Jizzax kenteks” MChJ, “BMB-NRC Agrologistics” MChJ QK, “Bonu shirinliklari” MChJ korxononalarida ishlab chiqarish jarayonlari va mahsulotlari bilan yaqindan tanishilib, ma’lumotlar olindi.
“Jizzax” EIZ direksiyasi binosida Omsk viloyati delegatsiya a’zolari o‘rtasida biznes-forum hamda Jizzax viloyati tadbirkorlari hamda Omsk viloyati biznes delegatsiya a’zolari o‘rtasida B2B uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir qatnashuvchilari Jizzax viloyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va hudud imkoniyatlari bilan tanishishdi.
Qayd etilishicha, Jizzax viloyati tadbirkorlarining Omsk viloyatiga tashrifini amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.
© Xokimiyat Djizakskoy oblastiGubernator Omskoy oblasti Aleksandr Burkov
Gubernator Omskoy oblasti Aleksandr Burkov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2022
Gubernator Omskoy oblasti Aleksandr Burkov
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Omsk viloyati gubernatori Aleksandr Burkov 14-16 dekabr kunlari O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lishi ma’lum qilingandi. Tashrif doirasida Burkanov Navoiy va Jizzax viloyatlari hokimlari bilan uchrashadi. Uchrashuvlarda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilinishi kutilmoqda.
Rossiya delegatsiyasi ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tadi. Qolaversa, Omsk viloyati gubernatori “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasiga boradi.
Yangiliklar lentasi
0