https://oz.sputniknews.uz/20221215/suv-resurslarini-boshqarish-huquqi-agroklasterlarga-beriladi-30753991.html
Suv resurslarini boshqarish huquqi agroklasterlarga beriladi
Suv resurslarini boshqarish huquqi agroklasterlarga beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Qishloq xo‘jaligi klasterlari daromadlarining bir qismi suvdan samarali foydalanishga yo‘naltiriladi. 15.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-15T12:42+0500
2022-12-15T12:42+0500
2022-12-15T12:42+0500
jamiyat
suv
qaror
klaster
qashqadaryo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/02/23072734_0:1140:2048:2292_1920x0_80_0_0_9199fe6e7bd3b2bbb798007953900def.jpg
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Suv xo‘jaligi obyektlarini boshqarish huquqi agroklasterlarga beriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 12-dekabr kuni qabul qilingan “Qashqadaryo viloyati tajribasi asosida suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.Hujjat davlat suv xo‘jaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish natijalari bo‘yicha Suv xo‘jaligi vazirligi va agroklaster o‘rtasida tuziladigan bitim asosida boshqaruvga berishni ko‘zda tutadi.Ichki sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari yerning ijara muddatiga mos davrga Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklarining qarorlari bilan klasterlarga tekin foydalanish huquqi asosida ularni saqlash, ta’mirlash-tiklash, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish uchun agroklasterlar mablag‘ining bir qismini jalb qilgan holda beriladi.Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/02/23072734_0:1536:2048:3072_1920x0_80_0_0_3d9889fc3ce4101bbf17f108f63c3220.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, suv, qaror, klaster, qashqadaryo
jamiyat, suv, qaror, klaster, qashqadaryo
Suv resurslarini boshqarish huquqi agroklasterlarga beriladi
Qishloq xo‘jaligi klasterlari daromadlarining bir qismi suvdan samarali foydalanishga yo‘naltiriladi.
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Suv xo‘jaligi obyektlarini boshqarish huquqi agroklasterlarga beriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 12-dekabr kuni qabul qilingan “Qashqadaryo viloyati tajribasi asosida suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida
belgilandi.
Hujjat davlat suv xo‘jaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish natijalari bo‘yicha Suv xo‘jaligi vazirligi va agroklaster o‘rtasida tuziladigan bitim asosida boshqaruvga berishni ko‘zda tutadi.
Ichki sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari yerning ijara muddatiga mos davrga Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklarining qarorlari bilan klasterlarga tekin foydalanish huquqi asosida ularni saqlash, ta’mirlash-tiklash, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish uchun agroklasterlar mablag‘ining bir qismini jalb qilgan holda beriladi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:
Agroklasterlarga maqsadli foydalanish uchun beriladigan ichki sug‘orish hamda kollektor-drenaj tarmoqlarining asosiy ko‘rsatkichlari;
Agroklasterlarga DXSh shartlari asosida yerning ijara muddatiga mos davrga boshqaruvga beriladigan davlat irrigatsiya tizimi kanallarida suv sarfini onlayn monitoring qilish va masofadan boshqarish tizimini joriy qilish prognoz ko‘rsatkichlari;
Davlat suv xo‘jaligi obyektlarini agroklasterlarga DXSh shartlari asosida yerning ijara muddatiga mos davrga tekin foydalanish huquqi asosida boshqaruvga berish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”.