Rossiyani SSSR uslubida yo‘q qilish: Vashingtonning 2019-yilda yozilgan strategiyasi natijalari

© AP Photo / Jon ElswickAmerikanskie flagi na fone Kapitoliya v Vashingtone, SShA
Amerikanskie flagi na fone Kapitoliya v Vashingtone, SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2022
Obuna bo‘lish
RIA Novosti tahlilchisi Vashington uchun 2019-yilda RAND corporation agentligi tomonidan tuzilgan Rossiyani qulatishga qaratilgan strategiyaning qanday amalga oshirilganni va qanday natijalarga olib kelganini tahlil qildi.
Bugun G‘arb ommaviy axborot vositalari dunyoning barcha muammolariga Rossiya va Putinni ayblashmoqda.
Angliyadagi ocharchilik, Yevropaning qashshoqlashuvi, sobiq “oltin milliard” davlatlaridagi inqirozlar va tartibsizliklarning barchasiga - maxsus operatsiyani aybdor deb ko‘rsatilmoqda. Ammo Ukrainada tartibsizliklarni birinchi bo‘lib kim boshlagan edi?
Ushbu savolga javob Amerika tadqiqot markazi RAND corporation 2019-yilda chop etgan hisobotida keltirilgan. Unda AQShning bir necha yilga mo‘ljallangan Rossiyani zaiflashtirish strategiyasi batafsil yoritilgan.

Futbol strategiyasi

Hisobot nomi "Rossiyani cho‘zish: g‘oliblik pozitsiyasidan raqobat" deb nomlanadi. Bu yerda "cho‘zish" degan o‘xshatma futbol o‘yinidan olingan. Futbolda ba’zan bir jamoa o‘yin suratini sekinlashtirib faqt to‘pni o‘zaro uzatib turadi, ba’zan hatto orqadagi o‘yinchilarga va hatto darvozabonga ham uzatiladi. Shunday yo‘l bilan ular raqib mudofaasini "cho‘zadilar" va uning zaif joyini topib keskin hujumga o‘tadilar. Uch yil oldin Vashington Rossiya mudofaasini aynan shu uslubda "cho‘zish"ni rejalashtirgan edi.
RAND corporation hisoboti boshda mualliflar 1980-yillarning shirin xotralariga berilib ketadilar. O‘shanda AQSh "Yulduz urushlari" nazariyasiga SSSRni ishontirib uni qurollanish poygasiga jalb qiladilar, ikkinchi tomondan Afg‘onistondagi urushga, uchinchidan - turli radioefirlar orqali antisovet tashviqoti o‘tkazib mamlakat ichidagi dissidentlarni qo‘llab-quvvatlagan va shu tariqa sovuq urushda G‘alaba qozongan edi.
Bugun Amerika "bir suvga ikki marotaba kirmoqchi" va Rossiyani ham shu tariqa yo‘q qilishga intilmoqda. Lekin Rossiya SSSRdan kichik bo‘lsa-da qandaydir ma’noda undan kuchlidir.
"Cho‘zish" strategiyasi mualliflari SSSRga qarshi olib borilgan iqtisodiy urush uslublarini ham unutishmagan. 1980-yillarda AQsh Fors ko‘rfazi davlatlari bilan kelishgan holda neft qazib olish hajmini oshiradi va shu tariqa uning narxini keskin tushirib yuboradilar va sobiq Ittifoqni muhim daromad manbaidan mahrum qilgan edilar.
Bugun ham AQSh rejadagidek ish tutdi, ulur birinchi navbatda Rossiyani gaz va neftdan olayotgan daromadlaridan mahrum qilishga urunib ko‘rishdi. Buning uchun ular Shimoliy oqimda terakt uyushtirishgacha borishdi.

Sanksiyalar. Qosh qo‘yaman deb ...

Lekin arablar bu safar AQSh surnayi ostida raqsga tushmadi va neft qazib olish hajmini oshirishmadi. Rossiya nefti va gazi eksportini cheklashga urinish jahon bozorida uglevodorodlar narxining keskin oshishiga olib keldi. Rossiya o‘z mahsulotlarini Hindiston, Xitoy va boshqa davlatlarga taklif qila boshladi. Natijada Rossiya daromadi kamaysh o‘rniga buning aksi bo‘ldi.
Darvoqe, hali hech qanday maxsus operatsiya yo‘q bo‘lgan, 2019-yilda yozilgan hisobotda Rossiyaga qarshi sanksiyalar katta qismni egallagan. Demak Rossiya nima qilishidan qat’iy nazar sanksiyalar baribir kiritilar edi. Ularning orzusi nima qilib bo‘lsa ham Rossiyani bankrot qilish edi.
Vashington xulosasiga ko‘ra, sansiyalar bosimi Rossiyada ommaviy kambag‘alchilik keltirib chiqarishi va aholi noroziligi va qo‘zg‘olon ko‘tarishiga olib kelishi kerak edi. Lekin bugungi Rossiya - buning aksi, hamma joy tinch, hukumat obro‘da. Tartibsizliklar esa bir vaqtlar gullab-yashnagan G‘arb davlatlarida odatiy holga aylanib bormoqda.

Ukraina - vosita

AQSh strategiyasida Ukraina uchun alohida o‘rin ajratilgan. U yerda Ukraina Rossiyani zaiflashtirish uchun eng mukammal vosita deb ataladi. Uni qurol bilan to‘ldirib, NATOga a’zolikk va’da berlishi va hatto bu tashabbusning Yevropa tomonidan bloklanishini ham aytib o‘tilgan. Shunda Rossiya Donbassga qo‘shin yuborishga majbur bo‘ladi va uzoq vaqt davomida jangovar harakatlar Rossiya mudofaa sanoati va iqtisodiyotini charchatadi. Ukraina Rossiya uchun ikkinchi Afg‘onistonga aylanadi va mamlakatning qulashiga olib keladi...
Shu bilan birga, Ukraina yordamida Yevropadagi vassallar AQSh qo‘l ostiga yig‘ishga imkon beradi. Shuningdek, NATOning u Finlyandiya, Shvetsiya orqali va Arktikaga kengayishi uchun imkoniyat yaratadi. Bu yordamida Gruziya, Moldova va Markaziy Osiyo davlatlarini Vashington orbitasiga tortish imkoni paydo bo‘ladi.
Bularning barchasi haqida RAND mutaxassislari 2019-yilda yozishgan. Va bugungi kunda bular qanday amalga oshayotganini biz o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rmoqdamiz.
Amerikaliklar Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi mojarodan foydalanib, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston rahbarlarini ham o‘ziga og‘dirishga urinmoqda. Gruziyani Ukrainadagi mojaroda ishtirok etishga, Moldovani esa Pridnestreovyedan Rossiya tinchlikparvar kuchlarini chiqarib yuborishga ko‘ndirmoqda. Finlyandiya va Shvetsiya allaqachon NATO ostonasida turibdi.

Hammasi takrorlanmoqda

Ko‘rib turganingizdek, Ukrainadagi keskinlashuv amerikaliklar tomonidan maxsus operatsiya boshlanishidan ancha oldin rejalashtirilgan edi. Rossiya prezidenti Putin aytganidek: "Maxsus operatsiyani boshlamasak ham baribir bizga qarshi sanksiyalar joriy qilingan bo‘lardi".
Ular Lukashenkoni ham xuddi shunday yo‘q qilishga uringan: Belarusda hokimiyatning o‘zgarishi RAND hisobotida Rossiyani zaiflashtirish qadamlaridan biri sifatida qayd etilgan. Chunki bularning barchasi 1980-yillardan beri deyarli o‘zgarmagan bir swyenariyning bosqichlari.
Afg‘on mujohidlari o‘rniga Ukraina proksi kazaklari. Uglevodorod narxining qulashi o‘rniga gaz quvurlariga hujumlar amalga oshirilmoqda. Varshava shartnomasiga a’zo mamlakatlarda norozilik uyg‘otish o‘rniga postsovet respublikalarida qo‘zg‘onlar uyushtirish, antisovet tashviqoti o‘rniga butun dunyoda Rossiyaga qarshi tashviqot, rus madaniyatini bekor qilishga urinish. O‘nta farqni toping. Hammasi takrorlanmoqda.
Bu voqealarning barchasining maqsadi ham o‘zgarmadi - o‘z davrida Sovet Ittifoqi qanday yo‘q qilingan bo‘lsa, Rossiyani ham xuddi shunday yo‘q qilish.
RAND mutaxassislari Rossiya va sobiq Ittifoq davlatlarida axborot sabotajini uyushtirish taklif qilmoqdalar. Bu yerda mavzular doirasi ham bizga yaxshi tanish - hatto kulgili ko‘rinadi - saylovlarda "karusellar", ovozlarni sanash paytidagi qonunbuzarliklar haqida ig‘volar tarqatishorqali Rossiya saylov tizimini shubha ostiga qo‘yish - tamom.
Lekin bu narsa bizga ko‘proq eshikning teshikka kulganini eslatdi. Jozef Bayden saylovlarini bir esga olmaymizmi? Aqldan ozgan (Pensilvaniyadagi Fetterman kabi) yoki o‘lik (Toni Deluka kabi) nomzodlar holib chiqishi, Ovoz berishda oflayn, masofaviy va yana qanday allambalo uslublar. Millionlab fuqarolar mamlakat rahbarini noqonuniy saylangan deb hisoblayotgan davlat bugun Rossiya emas.
Ikkinchi nuqta - shaxsan Vladimir Putinning "boyligiga" urg‘u berib, yuqori martabali amaldorlar o‘rtasidagi korrupsiyaning fosh etilishi. Internet orqali turli faktlarni ochish, bloger Navalniyning “Putin saroyi” haqidagi videosi. Hech qanday natija bermadi.
RAND hisobotida Rossiyani nafaqat ichki barcha shakllardagi tartibsizliklar - mitinglar, piketlar, ish tashlashlar, namoyishlar, balkim tashqi dunyoda ham imkon qadar izolyatsiya qilsh - G20 a’zoligidan chiqarib tashlash, fuqarolarga viza cheklovlari qo‘yish va yirik xalqaro tadbirlarda ishtirokini cheklashga urinilar. Xullas biz bugun kshrib turgan barcha reallik 2019-yilda yozilgan hisobot bilan mutlaq mos tushmoqda. Bu tasodifmi?
Shu bilan birga, Moskva o‘zini "to‘g‘ri" tutsa, sanksiyalar bekor qilinishiga shama qilib, doim ko‘z qisib turish kerak.... deyilgan yana o‘sha savilda.

Maqsad hokimiyatni o‘zgartirish...

Hisobotda Rossiyaning NATO kuchlari tomonidan quruqlikda ham, dengizda ham, havoda ham, kosmosda ham harbiy qamalga olinishi haqida ko‘p narsa bor. Va bularning barchasidan maqsad Kremldagi hokimiyatni o‘zgartirish, Rossiyani chegarasigacha zaiflashtirish, keyin esa xuddi Sovet Ittifoqi qulagandek uni barbod qilishdir. Ukraina esa bu “ko‘p harakat”dagi muhim sarf materiallaridan biri xolos.
Rossiyaning zaif tomonlari - birinchi navbatda iqtisodiy - RAND hisobotida juda aniq tasvirlangan (hamkasblar uchun rahmat). Ular juda real edi. Eng asosiysi, ayniqsa, uglevodorodlar bo‘yicha G‘arb texnologiyalari va bozorlariga qaramlik edi.
Maxsus operatsiya G‘arbga qaramlikni to‘xtatdi - yo‘qotishlarsiz emas, albatta: o‘g‘irlangan 300 milliard dollarni unutmaymiz va kechirmaymiz. Biroq, umuman olganda, biz hozirda bo‘ronga uchragan G‘arb iqtisodiy kemasidan o‘z vaqtida sakrash imkoniyatiga ega bo‘ldik.

Yangi dunyo

Vashington bilan ziddiyatni ochib, uni o‘z foydamizga burish orqali biz faqat Ukrainada g‘alaba qozona olmaymiz. Garchi bepoyon yerlar, millionlab odamlar g‘alabamizning ajoyib mevasi bo‘lsada. Bugun RAND mutaxassislari o‘z homiylarini halollik bilan ogohlantirgan hamma narsa amalga oshmoqda. Amerikaning sanksiyaviy qurollari bir martalik bo‘lib chiqdi. Endi ular ishlamaydi. "Hamkorlar"ning bizni qo‘rqitadigan hech narsasi yo‘q va Rossiyaning G‘arb ixtiyorida bo‘lgan va yo‘qotadigan boshqa hech narsasi ham yo‘q.
Darhaqiqat, bu sanksiyalar paketining barchasi Rossiyani G‘arbdan ajratib, biz uchun rivojlanishning to‘liq yo‘llarini ochib berdi. Yangi hamkorlar, yangi bozorlar – so‘nggi oylarda oldimizda butun dunyo ochildi.
Shunday qilib, global iqtisodiyotning yangi konfiguratsiyasi paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlarning undagi o‘rni muqarrar ravishda qisqarmoqda. Bu aqlli "ko‘p harakat"larning barchasi o‘z ijodkorlariga zarar keltirdi. Uglevodorodlar narxi tushmayapti, aksincha o‘sib bormoqda. Sanksiyalar turmush darajasini Rossiyada emas, Yevropa va AQShda pasaytiradi. Men markaziy hukumatning zaiflashuvi haqida shunchaki jim turaman - bu mavzuda gapirish bizning ko‘z o‘ngimizda qulab tushayotgan davlatlar uchun emas.
Xo‘sh, RAND mutaxassislari va ularning mijozlari e’tibor bering: futbolda ba’zan dushman mudofaasini "cho‘zish" bilan mashg‘ul jamoa tinimsiz orqaga chekinaveradi orqaga chekinaveradi va to‘satdan to‘pni yo‘qotib qo‘yadi va shu zahoti raqibdan o‘z darvozasiga haqoratli gol oladi.
Gap shundaki, biz Rossiyada so‘nggi 30-yil ichida ancha dono bo‘ldik. Biz endi avvalgi soddadil va hissiyotli sovet odamlari emasmiz. Biz Rossiyamizni hech kimga bermaymiz.
Yangiliklar lentasi
0