O‘zbekistonlik deputatlar Rossiya Dumasida o‘tkazilayotgan xalqaro tadbirda ishtirok etmoqda

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishIII Mejdunarodnaya konferensiya na temu "Rol vzaimodeystviya fraksiy politicheskix partiy i blokov v mejparlamentskom sotrudnichestve stran SNG"
III Mejdunarodnaya konferensiya na temu Rol vzaimodeystviya fraksiy politicheskix partiy i blokov v mejparlamentskom sotrudnichestve stran SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2022
Obuna bo‘lish
Moskvada MDH davlatlarining parlamentlararo hamkorligi bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. O‘zbekistonlik deputatlar Rossiya Davlat Dumasida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro konferensiyasida ishtirok etmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Davlat Dumasida 14-15 dekabr kunlari “MDH mamlakatlari parlamentlararo hamkorligida siyosiy partiyalar fraksiyalari va bloklari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning o‘rni” III xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Abxaziya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Moldova, Janubiy Osetiya kabi davlatlardan fraksiya rahbarlari va deputatlar ishtirok etishmoqda.
© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishIII Mejdunarodnaya konferensiya na temu "Rol vzaimodeystviya fraksiy politicheskix partiy i blokov v mejparlamentskom sotrudnichestve stran SNG"
III Mejdunarodnaya konferensiya na temu Rol vzaimodeystviya fraksiy politicheskix partiy i blokov v mejparlamentskom sotrudnichestve stran SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2022
III Mejdunarodnaya konferensiya na temu "Rol vzaimodeystviya fraksiy politicheskix partiy i blokov v mejparlamentskom sotrudnichestve stran SNG"
Konferensiya doirasida Davlat Dumasida ishtirokchi davlatlar delegatlarining Duma fraksiyalari vakillari bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Unda so‘zga chiqqan Rossiya Federal majlisi Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodinning so‘zlariga ko‘ra, har bir davlatning o‘ziga xos siyosiy modeli bor va yanada samaraliroq modelni ishlab chiqish uchun turli yondashuvlarni o‘rganish nihoyatda muhim.
O‘zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ilhom Abdullayev o‘z so‘zida parlament a’zolarini mamlakatlarni birlashtiruvchi qadriyatlar asosida hamkorlik qilishga chaqirdi.
Ma’lumot uchun, MDH davlatlarining parlamentlararo hamkorligi bo‘yicha xalqaro konferensiya mamlakatlar parlamentariylari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish uchun samarali platforma hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0