Joriy yilda qancha fuqaro tashkillashtirilgan tartibda xorijda ishga joylashtirildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKrupnie rossiyskie kompanii provodat orgnabor rabotnikov v Uzbekistane
Krupnie rossiyskie kompanii provodat orgnabor rabotnikov v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.12.2022
Obuna bo‘lish
Hozirda Rossiya hududida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan 1500 nafar fuqaro yuborilgan.
TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Joriy yilda 35 mingga yaqin fuqaro xorijiy davlatlarda manzilli va tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirildi. Bu haqda AOKAda Tashqi mehnat migratsiyasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb qilish bo‘yicha ish beruvchi va rekruting agentliklari bilan 112 ta shartnoma hamda mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish maqsadida xorijiy davlatlarning vakolatli tashkilotlari bilan 22 ta memorandum imzolanishiga erishilgan.
“Har yili O‘zbekiston mehnat bozoriga 600 000 nafar ishchi kuchi kirib keladi. Biz ularni to‘liq ish bilan ta’minlash hamda xorijda ham munosib ish topishlari uchun mas’ulmiz. Pandemiyadan keyin jahon mehnat bozorida sifatli ishchi kuchiga talab yanada ortdi”, - dedi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshlig‘i Zohid Asqarov.
Joriy yilda 35 mingga yaqin fuqaro Rossiya, Qozog‘iston, Janubiy Koreya, Serbiya, Germaniya, Angliya va boshqa xorijiy davlatlarda manzilli va tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirildi.
Agentlik bilan hamkorlik kelishuvi imzolagan mazkur ish beruvchi va rekruting agentliklarining 82 tasida 14130 ta ish o‘rinlari aniqlandi.
Bundan tashqari, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish maqsadida xorijiy davlatlarning vakolatli tashkilotlari bilan oltita memorandum imzolangan.
Ayni kungacha Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan hamkorlik kelishuviga ega ish beruvchi va rekruting agentliklari soni 509 tani tashkil etdi.
Ish beruvchilar talablari asosida yil boshidan xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish istagida bo‘lgan 50,7 ming nafardan ortiq fuqarolar 30 ga yaqin kasblarga kasb-hunarga va 6 ta chet tillariga o‘qishga jalb qilindi.
“Hozirda Rossiya hududida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan 1500 nafar fuqaro yuborilgan. Ular qurilish, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va boshqa yo‘nalishlarda ishlamoqda”, - dedi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshqarma boshlig‘i Bahrom Abduvaliyev
Joriy yilda subsidiya hisobiga “O‘zagrosug‘urta” AJ va uning filiallari tomonidan 164 ming 379 nafar mehnat migrantlarining hayoti va sog‘lig‘i sug‘urta qilindi.
Xorijga chiqib ketayotgan 1618 nafar fuqaroga 3 milliard 236 million so‘m miqdorida mikroqarz berilgan va kredit qaytmaslik tavakkalchiligi sug‘urta qilingan.
Yil boshidan “Labor-migration” dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan va malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan 2699 nafar fuqarolar uchun imtihon xarajatlari hamda 143 nafar fuqaroning yo‘l chiptasini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya to‘langan.
Yangiliklar lentasi
0