O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qilgan sanadan e’tiboran dunyo sahnida yangi, suveren davlat qaror topgan bo‘lsa, birinchi Konstitutsiya qabul qilinishi barobarida mustaqillikning huquqiy tamal toshi o‘rnatilgan.O‘zbekiston Konstitutsiyasi yaratilish jarayonida qaysidir davlatdan ko‘r-ko‘rona ko‘chirib olinmaganligini ham inobatga olish kerak. O‘zbekiston Konstitutsiyasi eng taraqqiy etgan davlatlarning tarixiy tajribasiga tayangan holda yaratilgan.Konstitutsiyaning yuridik kuchiKonstitutsiyaga ko‘ra, O‘zbekiston – Prezidentlik boshqaruv shaklidagi suveren demokratik respublika hisoblanadi. Konstitutsiyada davlatni, jamiyatni rivojlantirishning demokratik omillari belgilab berilgan bo‘lib, unda Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai hisoblanishi ko‘rsatib o‘tilgan.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega: prezident Konstitutsiyaga, qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan farmonlar, qarorlar, farmoyishlar qabul qiladi.Konstitutsiyada O‘zbekiston prezidenti, fuqarolar tomonidan umumiy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanishi belgilangan.O‘zbekiston Konstitutsiyasida jamiyat hamda davlatning hayotidagi eng muhim masalalar umumiy ovoz (referendum)ga qo‘yilib, hal qilinadi.Konstitutsiyada O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan respublika Oliy Majlisi hamda prezidenti ish olib borishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, Davlat hokimiyati esa uchga – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatiga bo‘linadi.O‘zbekiston Konstitutsiyasida, davlat, o‘z faoliyatini inson hamda jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolatga qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi.O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. Biroq, respublika hududida istiqomat qiluvchi barcha millat hamda elatlarning tillari, urf-odatlari ularning an’analari hurmat qilinishini ta’minlanishi, rivojlanishlari uchun shart-sharoit yaratilishi ham nazarda tutilgan.Mamlakatda barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘libgina qolmay, o‘z hududida va uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini huquqiy himoyasini ta’minlaydi.Konstitutsiya, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarining o‘z vatanlari ichida erkin harakatlanishlari, istagan joylariga ko‘chib borib yashash huquqlarini ham kafolatlaydi.Konstitutsiyada, har kim erkinlik hamda shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekanligi ko‘rstilgan. Unga ko‘ra, hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.Jinoyatda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda ko‘rib chiqilmaguncha qiynoqqa solinishi, unga nisbatan zo‘ravonlik, shavqatsiz yoki qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar olib borish mumkin emasligi to‘g‘risida ko‘rsatilgan.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlarKonstitutsiya bilan davlat va jamiyat rivojlanishining demokratik tamoyillari belgilab qo‘yilgan. Respublikada ro‘y berayotgan demokratik o‘zgarishlar davomida Konstitutsiyaga ham o‘zgarishlar kiritib kelinmoqda. Mamlakat Konstitutsiyasiga hozirgi kunga qadar 14-marta o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan:O‘zbekistonda Konstitutsiya kuni qanday nishonlanadiO‘zbekiston Konstitutsiya kuni milliy bayram bo‘lgani uchun dam olish kuni deb e’lon qilingan. Ushbu tantanali bayram O‘zbekiston bo‘ylab barcha o‘quv dargohlari, tashkilot, muassasalarda keng nishonlanib, fidokor xodimlar hamda bir guruh talabalar taqdirlanadi.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini mazkur havola orqali yuklab olishingiz mumkin.
o'zbekiston konstitutsiyasi bosh qomus moddalar o'zgartirishlar qo'shimchalar konstitutsiya bayrami 8-dekabr 1992-yil qabul qilingan o‘zbekiston konstitutsiyasi bosh qomus moddalar o‘zgartirishlar qabul qilingan qo‘shimchalar konstitutsiya bayrami konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlar konstitutsiya haqida ma’lumot 8-dekabrya 1992-yil konstitutsiya respubliki uzbekistan 8-dekabrya 1992 goda stati izmeneniya konstitutsii
o'zbekiston konstitutsiyasi bosh qomus moddalar o'zgartirishlar qo'shimchalar konstitutsiya bayrami 8-dekabr 1992-yil qabul qilingan o‘zbekiston konstitutsiyasi bosh qomus moddalar o‘zgartirishlar qabul qilingan qo‘shimchalar konstitutsiya bayrami konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlar konstitutsiya haqida ma’lumot 8-dekabrya 1992-yil konstitutsiya respubliki uzbekistan 8-dekabrya 1992 goda stati izmeneniya konstitutsii
O‘zbekiston Konstitutsiyasi haqida nimalarni bilamiz
O‘zbekiston Konstitutsiyasi o‘n ikkinchi chaqiriq bilan respublika Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasi 1992-yil 8-dekabr kuni qabul qilingan. Shu kundan e’tiboran, O‘zbekistonda 8-dekabr umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelinadi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qilgan sanadan e’tiboran dunyo sahnida yangi, suveren davlat qaror topgan bo‘lsa, birinchi Konstitutsiya qabul qilinishi barobarida mustaqillikning huquqiy tamal toshi o‘rnatilgan.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi yaratilish jarayonida qaysidir davlatdan ko‘r-ko‘rona ko‘chirib olinmaganligini ham inobatga olish kerak. O‘zbekiston Konstitutsiyasi eng taraqqiy etgan davlatlarning tarixiy tajribasiga tayangan holda yaratilgan.
Konstitutsiyaning yuridik kuchi
Konstitutsiyaga ko‘ra, O‘zbekiston – Prezidentlik boshqaruv shaklidagi suveren demokratik respublika hisoblanadi. Konstitutsiyada davlatni, jamiyatni rivojlantirishning demokratik omillari belgilab berilgan bo‘lib, unda Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai hisoblanishi ko‘rsatib o‘tilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega: prezident Konstitutsiyaga, qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan farmonlar, qarorlar, farmoyishlar qabul qiladi.
Konstitutsiyada O‘zbekiston prezidenti, fuqarolar tomonidan umumiy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanishi belgilangan.
O‘zbekiston Konstitutsiyasida jamiyat hamda davlatning hayotidagi eng muhim masalalar umumiy ovoz (referendum)ga qo‘yilib, hal qilinadi.
Konstitutsiyada O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan respublika Oliy Majlisi hamda prezidenti ish olib borishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, Davlat hokimiyati esa uchga – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatiga bo‘linadi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasida, davlat, o‘z faoliyatini inson hamda jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolatga qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. Biroq, respublika hududida istiqomat qiluvchi barcha millat hamda elatlarning tillari, urf-odatlari ularning an’analari hurmat qilinishini ta’minlanishi, rivojlanishlari uchun shart-sharoit yaratilishi ham nazarda tutilgan.
Mamlakatda barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘libgina qolmay, o‘z hududida va uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini huquqiy himoyasini ta’minlaydi.
Konstitutsiya, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarining o‘z vatanlari ichida erkin harakatlanishlari, istagan joylariga ko‘chib borib yashash huquqlarini ham kafolatlaydi.
Konstitutsiyada, har kim erkinlik hamda shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekanligi ko‘rstilgan. Unga ko‘ra, hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Jinoyatda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda ko‘rib chiqilmaguncha qiynoqqa solinishi, unga nisbatan zo‘ravonlik, shavqatsiz yoki qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar olib borish mumkin emasligi to‘g‘risida ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi nimalardan iborat
Konstitutsiya: 6 bo‘lim, 26 bob, 128 modda va Muqaddima (kirish) qismidan iborat.
Konstitutsiya birinchi bo‘limi, “Asosiy prinsiplar” deb ataladi. Unda davlat shakli hamda suverenitetini namoyon etuvchi xususiyatlar belgilangan;
Konstitutsiya ikkinchi bo‘limi, “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” deb nomlanadi va shaxsning huquqiy holatiga taalluqli barcha jabhalarni o‘z ichiga olgan;
Konstitutsiya uchinchi bo‘limi, “Shaxs va jamiyat” bo‘lib, uning boblarida jamiyatning iqtisodiy munosabatlar negizi aks etgan;
Konstitutsiya to‘rtinchi bo‘limi, “Ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi”ga bag‘ishlangan. Unda mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy holati alohida-alohida boblarda belgilab berilgan.
Konstitutsiya beshinchi bo‘limi, eng yirik bob hisoblanib, “Davlat hokimiyatini tashkil etish” deb nomlanadi. Bu bobda Oliy Majlis, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylash tartibi, vakolatlari va o‘zaro munosabatlari asoslari belgilangan. Bob, shuningdek, davlat boshqaruv organlarining tashkil etish tartibini ham o‘z ichiga qamrab oladi.
Konstitutsiyaning oxirgi oltinchi bo‘limi esa, “Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartibi”ga ajratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlar
Jamiyat taraqqiyoti asosida xalqning fikrini olgan holda unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Konstitutsiya bilan davlat va jamiyat rivojlanishining demokratik tamoyillari belgilab qo‘yilgan. Respublikada ro‘y berayotgan demokratik o‘zgarishlar davomida Konstitutsiyaga ham o‘zgarishlar kiritib kelinmoqda. Mamlakat Konstitutsiyasiga hozirgi kunga qadar 14-marta o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan:
1993 yil 28-dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 77-moddasi 1-qismidagi “150 nafar deputatdan” degan so‘zlar “deputatlardan” degan so‘z bilan almashtirildi;
2002 yil 27-yanvarda o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko‘ra hamda uning asosida 2003-yil 24-aprelda qabul qilingan Qonuniga muvofiq, Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilgan;
2007 yil 11-apreldagi Qonun bilan Konstitutsiyaning 89-moddasiga, 93- moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritilgan;
2008 yil 25-dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 77-moddasi birinchi qismiga o‘zgartish kiritilgan;
2011 yil 18-aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyasining 78, 80, 93, 96, 98-moddalariga o‘zgartish, qo‘shimchalar kiritilgan;
2011 yil 12-dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 90-moddasi ikkinchi qismiga tuzatish kiritilgan;
2014 yil 16-aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 32, 78. 93, 98, 103, 117-moddalariga o‘zgartish, qo‘shimchalar kiritilgan;
2017 yil 6-aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 80, 81, 83, 93, 107, 110, 111-moddalariga o‘zgartish, qo‘shimchalar kiritilgan;
2017 yil 31-mayda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 80, 93, 108, 109-moddalariga o‘zgartish, qo‘shimchalar kiritilgan;
2017 yil 29-avgustda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 99, 102-moddalariga o‘zgartish, qo‘shimchalar kiritilgan;
2018 yil 15-oktabrda qabul qilingan Qonun bilan 105-moddaning birinchi qismidagi “ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) uning maslahatchilarini” degan so‘zlar “raisni (oqsoqolni)” degan so‘zlar bilan almashtirilgan;
2019 yil 18-fevralda qabul qilingan Qonun bilan 80, 93-moddalariga o‘zgartirish kiritilib, Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmati deb yuritila boshlandi;
2019 yil 5-martda qabul qilingan Qonunga asosan 79, 93, 98-moddalarga o‘zgartirishlar kiritilgan;
2019 yil 4-sentabrda qabul qilingan Qonunga asosan saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan 96, 117-moddalarga o‘zgartirishlar kiritildi.
O‘zbekistonda Konstitutsiya kuni qanday nishonlanadi
O‘zbekiston Konstitutsiya kuni milliy bayram bo‘lgani uchun dam olish kuni deb e’lon qilingan. Ushbu tantanali bayram O‘zbekiston bo‘ylab barcha o‘quv dargohlari, tashkilot, muassasalarda keng nishonlanib, fidokor xodimlar hamda bir guruh talabalar taqdirlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini mazkur havola orqali yuklab olishingiz mumkin.