Kreml gaz ittifoqi qanday shartlarda tashkil qilinishini aytdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishDmitriy Peskov, arxivnoe foto
Dmitriy Peskov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.12.2022
Obuna bo‘lish
Peskov: Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida gaz ittifoqini yaratish bo‘yicha ishlar davom etmoqda
TOShKENT, 8 dek - Sputnik. Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi uch tomonlama gaz ittifoqi g‘oyasi hech qanday siyosiy shartlarni nazarda tutmaydi, dedi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov. RIA Novosti xabariga asosan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi ayrim OAVlarda tarqalgan, O‘zbekiston Rossiya va Qozog‘iston bilan tuziladigan gaz ittifoqidan voz kechgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.
Peskov aytishiga ko‘ra, uch tomonlama gaz ittifoqi hech qanday siyosiy shartlarni nazarda tutmaydi

"Hech kim siyosiy shartlar evaziga gaz berish haqida gapirmayapti, bu ittifoqni yaratish g‘oyasi kontekstida ham muhokama qilinmayapti. Gap, albatta, tijorat haqida ketmoqda, biz davlatlar manfaatlari yo‘lida muvofiqlashtirish haqida gapirapmiz”, - dedi Peskov.

Peskov aytishiga ko‘ra, ushbu kelishuv ishtirokchilarining barchasi faqat o‘zlarining tijorat manfaatlari maqsadida harakat qilishini nazarda tutadi va kelishuv borasida ishlar davom etmoqda.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi, Vladimir Putin mamlakatlar gaz transporti yo‘nalishlarini belgilashda, gaz infratuzilmasini rivojlantirishda va tabiiy gazga bo‘lgan ichki ehtiyojni qondirishda o‘z harakatlarini muvofiqashtirishdan manfaatdor. O‘zaro harakatlarni muvofiqlashtirish rentabellikni oshirish va ishtirokchilarning manfaatlariga mos keladi, deb tushuntirdi.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyining oxirida Vladimir Putin va Qosim-Jomart Toqayev uchrashuvidan so‘ng Rossiya gazini hududlar orqali tashish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirish uchun O‘zbekiston ishtirokida “uch tomonlama gaz ittifoqi” tashkil qilish taklifi haqidagi xabarlar paydo bo‘lgan edi. Ushbu loyiha dastlabki bosqichda o‘zaro muvofiqlashtirish mexanizmni yaratishni nazarda tutadi.
Yangiliklar lentasi
0