https://oz.sputniknews.uz/20221207/bayram-kuni-tibbiyot-muassasalari-qanday-ishlaydi---ssv-malumoti-30547913.html
Bayram kuni tibbiyot muassasalari qanday ishlaydi - SSV ma’lumoti
Bayram kuni tibbiyot muassasalari qanday ishlaydi - SSV ma’lumoti
Sputnik O‘zbekiston
Bayramda 40 ming nafar tibbiyot xodimi qonunchilikda belgilangan tartibda navbatchilik tashkil qiladi. 07.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-07T13:10+0500
2022-12-07T13:10+0500
2022-12-07T13:10+0500
jamiyat
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1a/29487765_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_00ddd1abadf6e61b6a9b052fb0bff9b8.jpg
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Ertaga, 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunida davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafar tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Vazirlikka ko‘ra, quyidagi muassasalarda navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatish tashkillashtiriladi:Qayd etilishicha, respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul bo‘limi hamda tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi. Ushbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan ta’minlanib, zaxira o‘rinlari yaratilgan.Sanitariya-epidemiologiya xizmatining markaziy apparati va hududlardagi 14 ta boshqarma hamda 203 ta aholi punktida joylashgan bo‘limlarida ham 24 soat davomida navbatchi shifokor, vrach-laborant va yordamchi xodimlar faoliyatini davom ettiradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1a/29487765_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_d9ce02142d01a89a7f955c9e26866a7c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
jamiyat, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
Bayram kuni tibbiyot muassasalari qanday ishlaydi - SSV ma’lumoti
Bayramda 40 ming nafar tibbiyot xodimi qonunchilikda belgilangan tartibda navbatchilik tashkil qiladi.
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Ertaga, 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunida davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafar tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Vazirlikka ko‘ra, quyidagi muassasalarda navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatish tashkillashtiriladi:
1049 ta oilaviy poliklinika;
1080 ta oilaviy shifokor punkti;
tuman, viloyat va respublika shifoxonalari;
ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari;
tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari.
Qayd etilishicha, respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul bo‘limi hamda tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi. Ushbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan ta’minlanib, zaxira o‘rinlari yaratilgan.
“Mamlakat bo‘ylab 2733 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar uchun doimo shay holatda bo‘ladi. Bundan tashqari, 227 ta tug‘uruq, 245 ta bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi. Respublika Call-markazi (1003) orqali tibbiyotga tegishli savollaringizga malakali mutaxassislardan tunu kun javob olishingiz mumkin”, - deyiladi vazirlik xabarida.
Sanitariya-epidemiologiya xizmatining markaziy apparati va hududlardagi 14 ta boshqarma hamda 203 ta aholi punktida joylashgan bo‘limlarida ham 24 soat davomida navbatchi shifokor, vrach-laborant va yordamchi xodimlar faoliyatini davom ettiradi.