Andijondan qator hududlarga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

© AO "Uzbekiston temir yullari"Posadka na poyezd bez raspechatki elektronnix biletov
Posadka na poyezd bez raspechatki elektronnix biletov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2022
Obuna bo‘lish
"O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" temir yo‘l tashuvlariga bo‘lgan talablarni qondirish maqsadida Andijondan Xiva, Termiz va Qo‘ng‘irotga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qildi.
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Andijon viloyatidan Xiva, Termiz va Qo‘ng‘irotga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, 126-sonli Andijon — Xiva yo‘nalishi 12-dekabrdan boshlab har kuni quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
Andijon 08:28 — Xiva 06:58
125-sonli Xiva — Andijon yo‘nalishi 13-dekabrdan boshlab har kuni quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
Xiva 08:28 — Andijon 06:56
Shuningdek, 129-sonli Termiz — Andijon yo‘nalishi 12-dekabrdan boshlab, haftaning har dushanba, chorshanba, juma va shanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
Termiz 15:25 — Andijon 12:56
130-sonli Andijon -Termiz yo‘nalishi 13-dekabrdan boshlab, haftaning har seshanba, payshanba, juma va yakshanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
Andijon 14:28 — Termiz 11:27
Bundan tashqari, 128-sonli Andijon — Qo‘ng‘irot yo‘nalishi 11-dekabrdan boshlab haftaning har yakshanba va chorshanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
Andijon 15:52 — Namangan 17:57 — Qo‘ng‘irot 18:22
127 sonli Qo‘ng‘irot — Andijon yo‘nalishi 13-dekabrdan boshlab har seshanba va shanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
Qo‘ng‘irot 09:33 — Namangan 10:18 — Andijon 12:27
Qayd etilishicha, bu qatnovlar mamlakatda ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, mahalliy fuqarolar va xorijiy turistlarning temir yo‘l tashuvlariga bo‘lgan talablarini qondirish maqsadida yo‘lga qo‘yilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0