Sitora Farmonova MDH kinofestivalida "Eng yaxshi aktrisa" mukofotini oldi

© Kinematografiya agentligi“Tengiz” badiiy filmi
“Tengiz” badiiy filmi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2022
Obuna bo‘lish
“Tengiz” badiiy filmida bir ayolning hayoti, uning atrofidagilar va turmush tarzi haqida hikoya qilinadi. Bundan tashqari, filmda qoraqalpoq xalqining urf-odatlari, madaniyati, Orol dengizining taqdiri, mo‘ynoqliklar ichki kechinmalari ifodalangan.
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. O‘zbekistonlik aktrisa Sitora Farmonova “Moskva premyerasi” 4-MDH kinofestivalida nufuzli mukofot bilan taqdirlandi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi.
Hamdo‘stlik mamlakatlarining “Moskva premyerasi” (Moskovskaya premyera) xalqaro kinofestivalida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan rejissor Mansur Abduxoliqov tomonidan suratga olingan “Tengiz” badiiy filmi “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida mukofot bilan taqdirlandi.
© Kinematografiya agentligi“Tengiz” badiiy filmi
“Tengiz” badiiy filmi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2022
“Tengiz” badiiy filmi
Mazkur filmda bir ayolning hayoti, uning atrofidagilar va turmush tarzi haqida hikoya qilinadi. Bundan tashqari, filmda qoraqalpoq xalqining urf-odatlari, madaniyati, Orol dengizining taqdiri, mo‘ynoqliklar ichki kechinmalari ifodalangan.
Ushbu film, asosan, Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq shahrida istiqomat qiluvchi Manzura Yerniyozova va uning jasoratiga bag‘ishlanadi. Filmda badiiy to‘qimalar mavjud. Lekin film sujetiga bu ayolning tushkunlikka tushmay tikuvchilikni o‘rganib, tadbirkorga aylangani, yoshlarga ibrat bo‘layotgani, iroda va matonati asos qilib olingan.
“Baxtsiz hodisa tufayli o‘ng oyoq-qo‘lidan ajralgan Tengiz ismli kelinning bir zumda to‘kis ko‘ringan baxtidan ayrilishi haqidagi voqea bilan boshlansa, filmda kelgusi sahnalar ancha ko‘tarinki tus oladi. To‘g‘ri, u sevgan yoridan, baxtidan voz kechadi, lekin o‘zining tirishqoqligi va mehnati tufayli yana hayotga qaytadi”, deyiladi xabarda.
Film ssenariyi mualliflari G‘afur Shermuhammad va Shuhrat Rizayev, postanovkachi operator — Dilmurod Turdiboyev.
© Kinematografiya agentligi“Tengiz” badiiy filmi
“Tengiz” badiiy filmi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2022
“Tengiz” badiiy filmi
Filmda bosh rollarni Sitora Farmonova, Ko‘pjursin Allanazarov, Roza Piyazova, Feruza Saidova, Lizaxon Haqnazarova va boshqalar ijro etishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur festivalda o‘zbek rejissori Qamara Kamalova xalqaro kinematografiya hamkorligiga qo‘shgan hissasi uchun faxriy mukofot bilan taqdirlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0