https://oz.sputniknews.uz/20221204/oav-ukraina-tufayli-germaniyaning-ikki-kunlik-jangga-etadigan-qurol-yarog-zaxirasi-qolgan--30475234.html
OAV: Ukraina tufayli Germaniyaning ikki kunlik jangga yetadigan qurol-yarog‘ zaxirasi qolgan
OAV: Ukraina tufayli Germaniyaning ikki kunlik jangga yetadigan qurol-yarog‘ zaxirasi qolgan
Sputnik O‘zbekiston
Mutaxassisning fikricha, Ukrainadagi mojaro va Ukraina armiyasiga qurol-yarog‘ yetkazib berilayotgani sabab butun Yevropa bo‘ylab omborlarda qurol-yarog‘lar zaxirasi... 04.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-04T13:33+0500
2022-12-04T13:33+0500
2022-12-04T13:33+0500
dunyoda
germaniya
qurol-yarog‘
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/04/30475070_0:153:3097:1895_1920x0_80_0_0_c026647377dfe639f95fe47ab63d2a18.jpg
TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Germaniya bundesveri omborlaridagi qurol-yarog‘ zaxirasi ikki kunlik jadal janglar uchun yetadi. Bu haqda Germaniya bo‘yicha ekspert Oliver Mudi “Times Radio” efirida ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi mojaro va Ukraina armiyasiga qurol-yarog‘ yetkazib berilayotgani sabab butun Yevropa bo‘ylab omborlarda qurol-yarog‘lar zaxirasi bitib bormoqda. Ammo bu muammo Germaniyada o‘tkir sezilmoqda, chunki mamlakat ko‘p yillardan buyon Qurolli kuchlarni moliyalashtirishni qisqartirish siyosatini yuritayotgandi.Mutaxassisning aniqlik kiritishicha, endi Berlin NATOning minimal talablariga mos keluvchi arsenalini qayta tiklashi uchun kamida 20 milliard dollar sarflashi kerak bo‘ladi.Mudi zarurat tug‘ilgan paytda bundesverning ikki kunlik faol harbiy harakatlarga yetadigan qurol-yarog‘i va o‘q-dori zaxirasi qolganini qo‘shimcha qildi.Rossiya 24-fevraldan beri Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning yakuniy maqsadini Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratish deb atadi.Buning ortidan G‘arb davlatlari Kiyevga qurol yetkazib berishda davom etmoqda. Moskva G‘arb qurollarini yetkazib berish faqat mojaroni uzaytirishini, qurol-yarog‘ tashish esa Rossiya armiyasi uchun qonuniy nishonga aylanishini bir necha bor ta’kidlagan.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/04/30475070_183:0:2914:2048_1920x0_80_0_0_939cd2f874d7b5c670db5d2da35bb63a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, germaniya, qurol-yarog‘, ukraina
dunyoda, germaniya, qurol-yarog‘, ukraina
OAV: Ukraina tufayli Germaniyaning ikki kunlik jangga yetadigan qurol-yarog‘ zaxirasi qolgan
Mutaxassisning fikricha, Ukrainadagi mojaro va Ukraina armiyasiga qurol-yarog‘ yetkazib berilayotgani sabab butun Yevropa bo‘ylab omborlarda qurol-yarog‘lar zaxirasi bitib bormoqda.
TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Germaniya bundesveri omborlaridagi qurol-yarog‘ zaxirasi ikki kunlik jadal janglar uchun yetadi. Bu haqda Germaniya bo‘yicha ekspert Oliver Mudi “Times Radio” efirida
ma’lum qildi. Uning
so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi mojaro va Ukraina armiyasiga qurol-yarog‘ yetkazib berilayotgani sabab butun Yevropa bo‘ylab omborlarda qurol-yarog‘lar zaxirasi bitib bormoqda. Ammo bu muammo Germaniyada o‘tkir sezilmoqda, chunki mamlakat ko‘p yillardan buyon Qurolli kuchlarni moliyalashtirishni qisqartirish siyosatini yuritayotgandi.
Mutaxassisning aniqlik kiritishicha, endi Berlin NATOning minimal talablariga mos keluvchi arsenalini qayta tiklashi uchun kamida 20 milliard dollar sarflashi kerak bo‘ladi.
Mudi zarurat tug‘ilgan paytda bundesverning ikki kunlik faol harbiy harakatlarga yetadigan qurol-yarog‘i va o‘q-dori zaxirasi qolganini qo‘shimcha qildi.
Rossiya 24-fevraldan beri Ukrainada maxsus harbiy operatsiya
o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning yakuniy maqsadini Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratish deb atadi.
Buning ortidan G‘arb davlatlari Kiyevga qurol yetkazib berishda davom etmoqda. Moskva G‘arb qurollarini yetkazib berish faqat mojaroni uzaytirishini, qurol-yarog‘ tashish esa Rossiya armiyasi uchun qonuniy nishonga aylanishini bir necha bor ta’kidlagan.