https://oz.sputniknews.uz/20221204/indoneziyada-semeru-vulqoni-otildi---video-30477499.html
Indoneziyada Semeru vulqoni otildi - video
Indoneziyada Semeru vulqoni otildi - video
Sputnik O‘zbekiston
Qayd etilishicha, vulqon 1,5 ming metr balandlikka kul va tutun ustunini uloqtirgan. 04.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-04T15:50+0500
2022-12-04T15:50+0500
2022-12-04T15:50+0500
dunyoda
indoneziya
vulqon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/19/26484229_0:158:3077:1889_1920x0_80_0_0_b0d14886574dc305a7defcf1f6625690.jpg
TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Bugun Indoneziyaning Sharqiy Yava provinsiyasida (Yava oroli) Semeru vulqoni otildi. Bu haqda Indoneziya tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish milliy agentligi xabar berdi.Qayd etilishicha, vulqon 1,5 ming metr balandlikka kul va tutun ustunini uloqtirgan. Vulqonga 5 kilometrdan yaqinroq yaqinlashish taqiqlangan. Otilishning oqibatlari haqida ma’lumot berilmagan.Shu bilan birga, Yaponiya Milliy meteorologiya boshqarmasi hozirda sunami xavfi tufayli olingan ma’lumotlarni o‘rganayotgani haqida ogohlantirdi. Qayd etilishicha, agar bu sodir bo‘lsa, to‘lqinlar Okinava janubiy prefekturasidagi chekka orollarga yetib borishi mumkin.Semeru vulqoni bundan roppa-rosa bir yil avval - 4-dekabr kuni otilgan. Uning oqibatida 50 dan ortiq odam halok bo‘lgan. Semeru - Yava orolidagi eng baland cho‘qqi. Indoneziyada 130 ga yaqin faol vulqon mavjud.
indoneziya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/19/26484229_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_12851f3750fb9b688f8a58ebdbe5f853.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, indoneziya, vulqon
dunyoda, indoneziya, vulqon
Indoneziyada Semeru vulqoni otildi - video
Qayd etilishicha, vulqon 1,5 ming metr balandlikka kul va tutun ustunini uloqtirgan.
TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Bugun Indoneziyaning Sharqiy Yava provinsiyasida (Yava oroli) Semeru vulqoni otildi. Bu haqda Indoneziya tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish milliy agentligi xabar
berdi.
Qayd etilishicha, vulqon 1,5 ming metr balandlikka kul va tutun ustunini uloqtirgan. Vulqonga 5 kilometrdan yaqinroq yaqinlashish taqiqlangan. Otilishning oqibatlari haqida ma’lumot berilmagan.
Shu bilan birga, Yaponiya Milliy meteorologiya boshqarmasi hozirda sunami xavfi tufayli olingan ma’lumotlarni o‘rganayotgani haqida ogohlantirdi. Qayd etilishicha, agar bu sodir bo‘lsa, to‘lqinlar Okinava janubiy prefekturasidagi chekka orollarga yetib borishi mumkin.
Semeru vulqoni bundan roppa-rosa bir yil avval - 4-dekabr kuni otilgan. Uning oqibatida 50 dan ortiq odam halok bo‘lgan. Semeru - Yava orolidagi eng baland cho‘qqi. Indoneziyada 130 ga yaqin faol vulqon mavjud.