https://oz.sputniknews.uz/20221130/omon-aviakompaniyasi-ozbekistonga-parvozlarni-amalga-oshirishga-ruxsat-oldi-30375569.html
O‘mon aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldi
O‘mon aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldi
Sputnik O‘zbekiston
O‘mon Sultonligi aviakompaniyasi O‘zbekistonning ikkita shahariga parvozlarni yo‘lga qo‘yishga ruxsat oldi. 30.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-30T18:39+0500
2022-11-30T18:39+0500
2022-11-30T18:39+0500
jamiyat
aviaparvozlar
toshkent
“o‘zaviatsiya” agentligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0c/24493175_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_9b9405fdb77637b4e1e8a03a730656fb.jpg
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. O‘mon Sultonligining “Salam Air” aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.Ruxsatnoma Masqat – Toshkent – Masqat va Masqat – Namangan – Masqat yo‘nalishlarida muntazam parvozlarni amalga oshirish imkonini beradi.Aviakompaniya parvozlarni A320 va A321havo kemalarida amalga oshiradi.Avvalroq O‘zbekistonning O‘mon Sultonligidagi elchixonasida "Salam Air" aviakompaniyasi tijorat va xalqaro hamkorlik boshqarmasi direktori Mazin al-Salmaniy hamda uning tijorat bo‘yicha menejerlari Kulsum al-Balushiya va Xolid al-Riyamiy bilan aviakompaniya tomonidan Masqat-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha avvaliga charter, so‘ngra doimiy parvozlarni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilingandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0c/24493175_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_2db723ad99d70ee94f7294c8c747b30f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, aviaparvozlar, toshkent, “o‘zaviatsiya” agentligi
jamiyat, aviaparvozlar, toshkent, “o‘zaviatsiya” agentligi
O‘mon aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldi
O‘mon Sultonligi aviakompaniyasi O‘zbekistonning ikkita shahariga parvozlarni yo‘lga qo‘yishga ruxsat oldi.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. O‘mon Sultonligining “Salam Air” aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi matbuot xizmati
xabar berdi.
“O‘zbekiston Respublikasi va O‘mon Sultonligi o‘rtasidagi havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim asosida “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan “Salam Air” aviakompaniyasiga 2022-yil 30-noyabrda 18-K sonli Ekspluatatsion ruxsatnoma berildi”, - deyiladi agentlik xabarida.
Ruxsatnoma Masqat – Toshkent – Masqat va Masqat – Namangan – Masqat yo‘nalishlarida muntazam parvozlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Aviakompaniya parvozlarni A320 va A321havo kemalarida amalga oshiradi.
Avvalroq O‘zbekistonning O‘mon Sultonligidagi elchixonasida "Salam Air" aviakompaniyasi tijorat va xalqaro hamkorlik boshqarmasi direktori Mazin al-Salmaniy hamda uning tijorat bo‘yicha menejerlari Kulsum al-Balushiya va Xolid al-Riyamiy bilan aviakompaniya tomonidan Masqat-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha avvaliga charter, so‘ngra doimiy parvozlarni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilingandi.