Qo‘l jangi: OChda O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi

© Sportni rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston terma jamoasi
O‘zbekiston terma jamoasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2022
Obuna bo‘lish
Turnirda dunyoning turli davlatlaridan 15dan ortiq jamoalar ishtirok etdi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Qo‘l jangi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Qozon shahrida 11-13 noyabr kunlari qo‘l jangi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu turnirda dunyoning turli davlatlaridan 15dan ortiq jamoalar ishtirok etdi.
O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
“Duyel” yo‘nalishi bo‘yicha 6ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar:
Ayollar, vazni 48 kg
1. Mustayeva Viktoriya
2. Zohidova Shirina
3. Olimjonova Zarina
3. Jussopova Tomiris
Vazni 64 kg
1. Egorova Mariya
2. Samatova Gulban
3. Sharifzuinova Milana
3. Polvonova Nilufar
Mutlaq kategoriya
1. Abdullayeva Umida
2. Polvonova Nilufar
3. Aishalova Patima
3. Sharifzuinova Milana
Erkaklar + 97 kg
1. Kashurnikov Mixail
2. Komilov Ilos
3. Shantassov Miras
3. Shakishov Yerlan
Open light
1. Razani Rizo
2. Pur Bagheban Husayn
3. Boshirov Tural
3. Qo‘ldosh Bakutbek
Open Heavy
1. Salohiddin Ibrohimov
2. Aleksandr Goroxov
3. Idrisov Bektur
3. Horrami Peyman
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda qo‘l jangi sport turini yanada rivojlantirish maqsadida prezidentning PQ-287-sonli qaror imzolangan. Hujjatda sport turini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan.
Yangiliklar lentasi
0