“Uzbekistan Airways” Namangandan Orenburgga parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yadi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishSamolet Airbus A320 kompanii Uzbekistan Airways na vzletnoy polose aeroportovogo kompleksa "Platov" v Rostove-na-Donu.
Samolet Airbus A320 kompanii Uzbekistan Airways na vzletnoy polose aeroportovogo kompleksa Platov v Rostove-na-Donu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.11.2022
Obuna bo‘lish
Bu yo‘nalishdagi parvozlar haftaning payshanba kunlari amalga oshiriladi.
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Joriy yilning 24-noyabridan boshlab “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Namangandan Orenburgga parvozlarni tiklamoqda. Bu haqda aviatashuvchi matbuot xizmati xabar berdi.
Namangan – Orenburg – Namangan yo‘nalishida parvozlar haftaning payshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi (mahalliy vaqt ko‘rsatilgan):
Namangandan uchish: 21:25;
Orenburgga yetib borish: 00:30;
Orenburgdan uchish: 02:30;
Namanganga yetib borish: 05:20.
11 noyabr holatiga ko‘ra, Namangan – Orenburg yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi 1 692 963 so‘mdan, Namangan – Orenburg – Namangan yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi esa 3 038 081 so‘mdan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 1-noyabrdan “Uzbekistan Airways” ikki yillik tanaffusdan keyin Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurga parvozlarni tiklagan edi.
Yangiliklar lentasi
0