O‘zbekiston sanoatini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan akademik vafot etdi

© Akademiya nauk UzbekistanaXasan Sharipov
Xasan Sharipov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.11.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori, kimyo fanlari doktori Hasan Sharipov olamdan o‘tdi.
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. O‘zbekiston fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori, kimyo fanlari doktori, professor, Axborotlashtirish xalqaro akademiyasining “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar” bo‘limi akademigi Hasan Sharipov bugun, 13-noyabr kuni, vafot etdi.
Hasan Sharipov 1947-yil 13-aprel kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1965-yil Moskvada M.V.Lomonosov nomidagi nozik kimoviy texnologiya institutiga kirib, Kamob va tarqoq elementlarning kimoviy texnologiyasi mutaxassisligi yo‘nalishida tahsil olgan. Keyin ushbu dargohga aspiranturaga kirib, 1974-yilda “SeF3 asosidagi faollashtirilgan kristallarni spektroskopik tahlil qilish” mavzusi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.
Uning keyingi ilmiy faoliyati O‘zbekiston fanlar akademiyasi Kimyo instituti bilan bog‘langan. 1976-yilda O‘zR FA Kimyo instituti fizik-kimoviy tadqiqot usullari laboratoriyasining ilmiy xodimi lavozimida faoliyatini boshlagan. Ko‘p vaqt o‘tmay Hasan Turobovich ushbu laboratoriyaning mudiri etib tayinlangan va deyarli 20-yil mobaynida o‘z ilmiy faoliyatini shu laboratoriya bilan chambarchas bog‘lab juda katta muvaffaqiyatlarga erishgan.
Olim 1990-yilda “d- va f-metallar ayrim sinf noorganik birikmalarining kristallokimosi va spektrokimosi” mavzusida noorganik kimyo va fizikaviy kimyo ixtisosliklari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan va 1992-yilda professor unvonini olgan.
U 1995-yilda Axborotlashtirish xalqaro akademiyasining “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar” bo‘limi akademikligiga saylangan. Hasan Turobovich 1994-yilda “Yangi materiallar” ilmiy kengashining “Kamob metallar asosidagi materiallar” seksiyasining raisi etib saylangan.
Hasan Sharipov mustaqil O‘zbekiston sanoatini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan olimlardandir. 1994-yilda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Maxsus qotishma” Respublika tashkiloti rahbarining ilmiy ishlar va loyihalash bo‘yicha o‘rinbosari va 2000-yildan ushbu tashkilotning rahbari lavozimlariga tayinlangan. 1999–2000 yillarda “O‘zolmosoltin” assotsiatsiyasiga qarashli “O‘zrangmetloyiha” institutining direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Hasan Sharipov mamlakatning qator yirik korxonalarida ilmiy maslahatchisi bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0