Belbog‘li kurash: O‘zbekiston Jahon chempionati va Kubogida 36 ta medal qo‘lga kiritdi

© Sportni rivojlantirish vazirligi Belbog‘li kurash
Belbog‘li kurash - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Qozon shahrida bo‘lib JChda O‘zbekiston jamoasi 4ta oltin, 5ta kumush va 12ta bronza medallar qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar belbog‘li kurash bo‘yicha Jahon chempionati va Kubogida 36 ta medal qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Rossiyaning Qozon shahrida 1-noyabridan 6-noyabriga qadar belbog‘li kurash bo‘yicha 15-17 yoshli o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida jahon chempionati hamda kattalar o‘rtasida jahon kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Unda 26ta davlatdan 300 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi.
Oltin:
Feruza Sobirova (43 kg.);
Quvonchbek Ermuhammedov (45 kg.);
Yasmina Sodiqova (52 kg.);
Samandar Soliyev (55 kg.).
Kumush:
Jo‘rabek Mamadaliyev (50 kg.);
O‘rolbek Sarabekov (71 kg.);
Fotix Po‘latov (77 kg.);
Javohirbek Nu’monjonov ( +95 kg.);
Nilufar Isoqova (+70 kg.).
Bronza:
Fozilbek Abdurahmatov (45 kg.);
Asadbek Ikromov (60 kg.);
Muhammadqodir Karimjonov (65 kg.);
Quvonchbek Azimov (71 kg.);
Shodilbek Shodilbekov (85 kg.);
Shoxruxbek Shodahmadov, Nafruzbek Mamayusupov (95 kg.);
Diyorbek Yoqubov (+95 kg.) Arofatxon Muhamadova (48 kg.);
Gavhar Abdusobirova (57 kg.);
Ro‘zixon G‘anijonova (63 kg.);
Mehriniso Karimova (70 kg.).
Jahon chempionati musobaqasi yakunlangach, erkaklar va ayollar o‘rtasida jahon kubogi bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi.
Ushbu jahon kubogi musobaqasida o‘zbekistonliklar klassik yo‘nalishda 1 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lishsa, erkin yo‘nalishda 1 ta kumush 6 ta bronzaga ega chiqishdi.
“Tashrif davomida Rossiya federatsiyasi Boshqirdiston Respublikasi sport vazirligi bilan ham hamkorlik doirasida kelishuvlarga erishildi. Kelishuvga ko‘ra, jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi taklifiga muvofiq, joriy yil noyabr oyining uchinchi o‘n kunligida Boshqirdiston sport vaziri Ruslan Xabibov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi”, deyiladi xabarda.
© Sportni rivojlantirish vazirligi Belbog‘li kurash
Belbog‘li kurash - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2022
Belbog‘li kurash
Jahon kubogining tantanali ochilish marosimida jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi prezidenti Azizbek Abduxalilovich G‘aniyev hamda Toshkent viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Boboqulovga sportni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun Tatariston Respublikasi sport vazirligi tomonidan ko‘krak nishoni topshirildi.
Yangiliklar lentasi
0