https://oz.sputniknews.uz/20221104/vladimir-norov-sadir-japarov-bilan-uchrashdi-29720929.html
Vladimir Norov Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi
Vladimir Norov Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Uchrashuvda O‘zbekiston-Qirg‘iziston o‘zaro manfaatli hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yangi savdo shartnomalari, bitimlar va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish... 04.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-04T09:56+0500
2022-11-04T09:56+0500
2022-11-04T13:05+0500
siyosat
vladimir norov
sadir japarov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/04/29720623_0:34:770:467_1920x0_80_0_0_05adf0f2c491d31de537a0a52f9484ce.jpg
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Bishkek shahrida Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi.Uchrashuv davomida ikki mamlakat aloqalari O‘zbekiston va Qirg‘iziston rahbarlarining konstruktiv va ishonchli muloqoti asnosida strategik sheriklik ruhida ijobiy sur’atlarda rivojlanayotgani qayd etildi.So‘nggi yillarda o‘zaro savdo jadal o‘sib borayotgani, sanoat, energetika va qishloq xo‘jaligi, transport sohalarida qo‘shma loyihalar amalga oshirilib, mintaqalararo va madaniy almashinuvlar kengayib borayotgani mamnuniyat bilan e’tirof etildi.O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iz Respublikasiga bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.O‘zbekiston-Qirg‘iziston o‘zaro manfaatli hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yangi savdo shartnomalari, bitimlar va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Tomonlarning O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga tayyorligi bildirildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/04/29720623_52:0:719:500_1920x0_80_0_0_5228b493eab67880d51d95bc5a6fe740.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, vladimir norov, sadir japarov
siyosat, vladimir norov, sadir japarov
Vladimir Norov Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi
09:56 04.11.2022 (yangilandi: 13:05 04.11.2022) Uchrashuvda O‘zbekiston-Qirg‘iziston o‘zaro manfaatli hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yangi savdo shartnomalari, bitimlar va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Bishkek shahrida Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov bilan
uchrashdi. Uchrashuv davomida ikki mamlakat aloqalari O‘zbekiston va Qirg‘iziston rahbarlarining konstruktiv va ishonchli muloqoti asnosida strategik sheriklik ruhida ijobiy sur’atlarda rivojlanayotgani qayd etildi.
So‘nggi yillarda o‘zaro savdo jadal o‘sib borayotgani, sanoat, energetika va qishloq xo‘jaligi, transport sohalarida qo‘shma loyihalar amalga oshirilib, mintaqalararo va madaniy almashinuvlar kengayib borayotgani mamnuniyat bilan e’tirof etildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iz Respublikasiga bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston-Qirg‘iziston o‘zaro manfaatli hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yangi savdo shartnomalari, bitimlar va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlarning O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga tayyorligi bildirildi.