O‘zbekiston va Arabiston qo‘shma to‘qimachilik korxonasini ta’sis etishni muhokama qilmoqda

© IA "Dunyo"Posol Uzbekistana Ulugbek Maksudov vstretilsya v Djidde s direktorom tekstilnoy kompanii “Sitra” Umarom al-Sakkafom
Posol Uzbekistana Ulugbek Maksudov vstretilsya v Djidde s direktorom tekstilnoy kompanii “Sitra” Umarom al-Sakkafom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2022
Obuna bo‘lish
Jidda shahri O‘zbekiston elchisi “Sitra” to‘qimachilik kompaniyasi direktori bilan uchrashdi.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni to‘qimachilik qo‘shma korxonasi ta’sis etiladi. Bu haqda O‘zbekistonning podshohlikdagi elchisi Ulug‘bek Maqsudovning “Sitra” to‘qimachilik kompaniyasi direktori Umar al-Saqqof bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.
"Dunyo" AA xabariga ko‘ra, Jidda shahridagi uchrashuvda O‘zbekiston va Saudiya Arabistonidagi to‘qimachilik korxonalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik mahsulotlarini podshohlikka eksport qilish va qo‘shma korxona ta’sis etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Umar al-Saqqof saudiyalik investorlar mamlakat vazirlik va idoralari bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, to‘qimachilik sohasidagi loyihalarga birgalikda investitsiya kiritish istagida ekanini bildirdi.
Tadbirkor O‘zbekistondagi korxonalar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda mamlakatda ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik mahsulotlarini Saudiya Arabistoni podshohligi bozoriga olib kirishdan manfaatdor ekanini aytdi.
Avvalroq Rossiyada o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarining o‘nlab multibrend do‘konlari ochilishi xabar qilingan edi.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi Ilhom Haydarovning aytishicha, allaqachon bu uchun joylar tashkil etilib, savdo uylari infratuzilmasi rivojlanmoqda.
Qayd etish joizki, Rossiya O‘zbekiston tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini eng ko‘p import qilgan davlatlardan biri sanaladi.
tekstil uz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2022
O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini asosan qayerga eksport qilyapti
Yangiliklar lentasi
0