MDH parlamentlari yangi bosqichdagi hamkorlik hujjatlarini imzolashdi

© Oliy Majlis SenatiNuriddin Ismoilov
Nuriddin Ismoilov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2022
Obuna bo‘lish
MDH PAning 54-yalpi majlisida saylov, referendum va ularni kuzatish to‘g‘risidagi ko‘plab namunaviy qonunlar ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) Parlamentlararo Assambleyasining 54-yalpi majlisida 14 ta namunaviy qonun va 12 ta tavsiyaviy hujjat qabul qilindi. Bu haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur hujjatlar parlamentlarning iqtisodiy, huquqiy, gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro hamkorligini yuqori bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Majlisda saylov, referendum va ularni kuzatish to‘g‘risidagi ko‘plab namunaviy qonunlar ko‘rib chiqildi.
Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilovning so‘zlariga ko‘ra, MDH Davlat rahbarlari kengashi va Hukumat rahbarlari kengashi faoliyati bilan o‘zaro samarali muloqot, MDHning boshqa organlari bilan ham hamkorlik ta’minlanmoqda.
"Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Parlamentlararo Assambleya faoliyatini ijobiy baholaydi. Ular Assambleyaning a’zo mamlakatlari milliy qonunchiliklarini yaqinlashtirish, namunaviy qonun ijodkorligini rivojlantirish, yoshlar parlamenti hamkorligini qo‘llab-quvvatlash, saylovlarni kuzatish jarayonlariga ko‘maklashishdagi muhim ahamiyatini e’tirof etadilar”, deydi Ismoilov.
Majlisda shuningdek, 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan MDHda namunaviy qonun ijodkorligining Istiqbolli rejasi loyihasi va Parlamentlararo Assambleyaning kelgusi yil uchun ish rejasi haqida ham so‘z yuritildi.
Ma’lumot uchun, MDH PA faoliyatining 30-yili davomida 600 dan ortiq hujjatlar ishlab chiqilib, MDH mamlakatlari parlamentlariga taqdim etilgan.
Yangiliklar lentasi
0