https://oz.sputniknews.uz/20221024/vladimir-norov-pan-gi-mun-bilan-uchrashdi-29396697.html
Vladimir Norov Pan Gi Mun bilan uchrashdi
Vladimir Norov Pan Gi Mun bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Uchrashuvda Orolbo‘yida amalaga oshiriladigan loyihalar ko‘rib chiqildi. 24.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-24T10:28+0500
2022-10-24T10:28+0500
2022-10-24T10:28+0500
siyosat
vladimir norov
orol dengizi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/18/29396801_0:0:519:292_1920x0_80_0_0_8e10004ce3072153991efa6af98d4f0c.jpg
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Yashil rivojlanish global instituti Assambleyasi Raisi Pan Gi Mun bilan uchrashdi.Seul shahrida “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” 15 hamkorlik forumi bo‘lib o‘tmoqda.Vladimir Norov va Pan Gi Mun ishtirokidagi uchrashuvda O‘zbekiston va Yashil o‘sish global instituti o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.Pan Gi Mun Markaziy Osiyoning ekologik muammolaridan yaxshi xabardor ekani, Orolbo‘yida bir necha bor bo‘lgani va u yerda Orol dengizi qurishining halokatli oqibatlari haqida shaxsan bilishini ta’kidladi.Qayd etilishicha, shu yilning fevral oyida O‘zbekistonda Yashil rivojlanish global instituti Assambleyasi vakolatxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. U yerda iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yengib o‘tish, “yashil” texnologiyalar va “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish, sanoatni dekarbonizatsiya (uglerod neytralligini ta’minlash) qilish sohasida xalqaro yo‘nalishda eng yaxshi amaliyotlarni o‘zlashtirish, jumladan Koreya tajribasiga asoslangan hamkorlik olib borilmoqda.Hozirda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va assambleya o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, bugungi kunda qiymati 5,9 million dollarlik “Orol dengizi halokatining oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha Orolbo‘yi mintaqasini yashil qayta tiklash” loyihasi amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Orolbo‘yida “yashil” qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta tiklanadigan energiya sohasida loyihalar ishlab chiqilmoqda.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Norov Antonio Guterrish bilan uchrashgandi. Unda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan O‘zbekistonning Orol dengizi qurishi oqibatlarini yumshatish, Orolbo‘yi aholisining turmush darajasi va sifatini oshirish, mintaqada zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy va sanoat infratuzilmasi obyektlarini qurish borasidagi sa’y-harakatlari yuqori baholanishi ma’lum qilingan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/18/29396801_0:0:519:390_1920x0_80_0_0_2e1c39decc55ba89acd3d9d10f261b65.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, vladimir norov, orol dengizi
siyosat, vladimir norov, orol dengizi
Vladimir Norov Pan Gi Mun bilan uchrashdi
Uchrashuvda Orolbo‘yida amalaga oshiriladigan loyihalar ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Yashil rivojlanish global instituti Assambleyasi Raisi Pan Gi Mun bilan
uchrashdi. Seul shahrida “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” 15 hamkorlik forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Vladimir Norov va Pan Gi Mun ishtirokidagi uchrashuvda O‘zbekiston va Yashil o‘sish global instituti o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Pan Gi Mun Markaziy Osiyoning ekologik muammolaridan yaxshi xabardor ekani, Orolbo‘yida bir necha bor bo‘lgani va u yerda Orol dengizi qurishining halokatli oqibatlari haqida shaxsan bilishini ta’kidladi.
Qayd etilishicha, shu yilning fevral oyida O‘zbekistonda Yashil rivojlanish global instituti Assambleyasi vakolatxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
U yerda iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yengib o‘tish, “yashil” texnologiyalar va “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish, sanoatni dekarbonizatsiya (uglerod neytralligini ta’minlash) qilish sohasida xalqaro yo‘nalishda eng yaxshi amaliyotlarni o‘zlashtirish, jumladan Koreya tajribasiga asoslangan hamkorlik olib borilmoqda.
Hozirda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va assambleya o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, bugungi kunda qiymati 5,9 million dollarlik “Orol dengizi halokatining oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha Orolbo‘yi mintaqasini yashil qayta tiklash” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Orolbo‘yida “yashil” qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta tiklanadigan energiya sohasida loyihalar ishlab chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Norov Antonio Guterrish bilan uchrashgandi. Unda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan O‘zbekistonning Orol dengizi qurishi oqibatlarini yumshatish, Orolbo‘yi aholisining turmush darajasi va sifatini oshirish, mintaqada zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy va sanoat infratuzilmasi obyektlarini qurish borasidagi sa’y-harakatlari yuqori baholanishi ma’lum
qilingan.