Toshkent-Andijon va Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘llari qachon qurib bitkaziladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGori pri vyezde v Sherabad
Gori pri vyezde v Sherabad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2022
Obuna bo‘lish
Hozirda Toshkent-Andijon va Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘llarini qurish ishlari davom etmoqda - tafsilotlar.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Toshkent-Andijon va Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘llari 2026-yilgacha qurib bitkaziladi. Bu haqida AOKAda o‘tkazilgan brifingda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori Zokir Bozorov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022-2026 yillarda transport sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 5 ta yirik loyiha bo‘yicha hujjatlar tayyorlash va o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Ular quyidagilar:
Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘lini qurish loyihasi;
Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘lini qurish loyihasi;
Samarqand va Shahrisabz shaharlari orasida 66 kmlik avtomobil yo‘li va Taxtaqoracha dovonida 4,4 kmlik tunnel qurish loyihasi.
Toshkent shahar va hududiy xalqaro aeroportlarni modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish loyihalari;
Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlarni modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish loyihasi bo‘yicha o‘rganish ishlari.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyida prezident qarori bilan 2022–2026 yillar davomida respublika hududida amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi tasdiqlangandi.
Dastur doirasida avtomobil yo‘llari infratuzilmasi kompleks takomillashtirish, avtomobil yo‘llarida harakatni boshqarish tizimi raqamlashtirish va jamoat transportini rivojlantirish hamda raqamlashtirish nazarda tutilgan.
Qoraqalpog‘istondagi shahar yo‘lovchi transportining 70 ta bekatlarida yo‘lovchilarga zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni real vaqt rejimida elektron taqdim etuvchi monitorlar joylashtiriladi. Toshkent shahrida 30 ta avtomatlashtirilgan yo‘l bo‘yi pulli to‘xtab turish joylari tashkil etiladi.
Yangiliklar lentasi
0