https://oz.sputniknews.uz/20221020/endi-onlayn-firibgarlik-sodir-etganlar-8-yilgacha-qamalishi-mumkin-29296958.html
Endi onlayn firibgarlik sodir etganlar 8-yilgacha qamalishi mumkin
Endi onlayn firibgarlik sodir etganlar 8-yilgacha qamalishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Firibgarlikni axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. 20.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-20T10:17+0500
2022-10-20T10:17+0500
2022-10-20T10:17+0500
jamiyat
yangi qonun
javobgarlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/08/21262552_0:219:2862:1829_1920x0_80_0_0_e3d9f94bf12ab98f06d57a41c3cfe32e.jpg.webp
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Firibgarlikni axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Bu haqda prezident 19-oktabr kuni imzolangan 794-sonli qonunda nazarda tutilgan.Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, firibgarlikni axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.Endilikda ushbu qilmish uchun quyidagi jazolar belgilandi:Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur qonun jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan edi. Hujjatda Jinoyat kodeksiga yangi 192-12-modda kiritilishi taklif etilgandi.U jismoniy va yuridik shaxslarning bank hisobvarag‘idagi pul mablag‘larini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki hisobdan chiqarish va ortiqcha undirilgan pul mablag‘larini o‘z vaqtida qaytarmaslik uchun javobgarlikni nazarda tutadi.Senat ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 7 oyi davomida bank plastik kartalaridan pul mablag‘larini firibgarlik va o‘g‘rilik yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi holati yuzasidan jami 1 812 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bugungi kunda bu huquqbuzarlik Jinoyat kodeksining firibgarlik, o‘g‘rilik 168, 169-moddalari bilan tasniflanmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/08/21262552_67:0:2796:2047_1920x0_80_0_0_346eb4e10720ad198b8849727f1deb00.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yangi qonun, javobgarlik
jamiyat, yangi qonun, javobgarlik
Endi onlayn firibgarlik sodir etganlar 8-yilgacha qamalishi mumkin
Firibgarlikni axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Firibgarlikni axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Bu haqda prezident 19-oktabr kuni imzolangan 794-sonli qonunda nazarda
tutilgan. Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, firibgarlikni axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.
Endilikda ushbu qilmish uchun quyidagi jazolar belgilandi:
BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha jarima;
2 yildan 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayan huquqdan mahrum etib 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur qonun jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan edi. Hujjatda Jinoyat kodeksiga yangi 192-12-modda kiritilishi taklif
etilgandi.U jismoniy va yuridik shaxslarning bank hisobvarag‘idagi pul mablag‘larini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki hisobdan chiqarish va ortiqcha undirilgan pul mablag‘larini o‘z vaqtida qaytarmaslik uchun javobgarlikni nazarda tutadi.
Senat ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 7 oyi davomida bank plastik kartalaridan pul mablag‘larini firibgarlik va o‘g‘rilik yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi holati yuzasidan jami 1 812 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bugungi kunda bu huquqbuzarlik Jinoyat kodeksining firibgarlik, o‘g‘rilik 168, 169-moddalari bilan
tasniflanmoqda.