Sanatoriyalarga onlayn yo‘llanma olish xizmati ishga tushdi

© Foto iz arxiva Federatsii Profsoyuzov RUzSanatoriy "Zamin"
Sanatoriy Zamin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2022
Obuna bo‘lish
Ishga tushirilgan yangi xizmat orqali avval qog‘oz shaklida topshirilgan arizalar navbatini ham kuzatish imkoniyati mavjud.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Keksalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida respublika sanatoriyalarida yotib davolanishga onlayn navbatga turish hizmati ishga tushirildi.
Ushbu xizmat orqali sanatoralarda mavjud navbatlarni oldindan ko‘rish imkoniyati ham mavjud.
Navbatga turish yoki belgilangan toifaga mos bo‘lmagan ariza beruvchilarga rad etilganlik xabarnomasi avtomatik tarzda yetkaziladi. Shuningdek, ariza beruvchi o‘z navbatini onlayn kuzatib bora oladi.
Quyidagilar ushbu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin:
Urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlari (beva erlari);
respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirganlar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;
yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar;
I va II -guruh nogironligi bo‘lganlar, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar;
yoshga doir pensiya oluvchilar.
Ariza beruvchi portaldagi “Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish” xizmatini tanlab, kerakli sihatgohni belgilashi va so‘rov yuborishi mumkin.
Mazkur xizmat orqali avval qog‘oz shaklida topshirilgan arizalar navbatini ham kuzatish imkoniyati mavjud.
© SputnikYagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2022
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Mazkur xizmatdan foydalanishga 102 nafar fuqaro ulgurgan.
Yangiliklar lentasi
0