Kelasi yildan rahbar lavozimiga zaxira kadrlar vazirlik va idoralarda amaliyot o‘taydi

© pexels.com/Sora ShimazakiJenshina s papkoy
Jenshina s papkoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2022
Obuna bo‘lish
Rahbarlik lavozimlari uchun jami 970 nafar nomzod Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. 2023-yil yanvar oyidan rahbar lavozimiga zaxira kadrlar vazirlik va idoralarda amaliyot o‘tash (dublorlik) uchun yuboriladi. Bu haqida AOKAda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, hozirda hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari orasidan yuqori natijalarga erishgan 1 000 nafar shaxsni Milliy kadrlar zaxirasiga kiritish ishlari olib borilmoqda.
Bugungacha davlat va nodavlat sektorlarida faoliyat yuritayotgan 611 nafar nomzod ro‘yxati shakllantirilib, ularning kompetensiyalari Yosh rahbar kadrlar zaxirasiga kiritish uchun test sinovlari va suhbat orqali baholanmoqda.
“Rahbarlik lavozimlari uchun jami 970 nafar nomzod Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan”, deydi Sevara Zokirova.
Ta’kidlanishicha, munosib deb topilgan nomzodlarni rahbarlik lavozimiga tayyorlash maqsadida Agentlik tomonidan Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan birgalikda rivojlangan davlatlar tajribasi asosida maxsus tayyorlash dasturi ishlab chiqildi.
Ma’lumot uchun, Milliy kadrlar zaxirasiga ish faoliyatida yuqori natijalarga erishgan, barcha sohalarda samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yuqori salohiyat, yetakchilik xususiyati va boshqaruv ko‘nikmalariga ega bo‘lgan tashabbuskor davlat xizmatchilari kiritiladi.
Yangiliklar lentasi
0