https://oz.sputniknews.uz/20220920/ufada-ozbekiston-madaniyat-kunlari-bolib-otdi-28392121.html
Ufada O‘zbekiston madaniyat kunlari bo‘lib o‘tdi
Ufada O‘zbekiston madaniyat kunlari bo‘lib o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryo viloyati delegatsiyasi Boshqirdistonda xizmat safarida bo‘lib turibdi. 20.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-20T16:58+0500
2022-09-20T16:58+0500
2022-09-20T16:58+0500
rossiya
boshqirdiston
qashqadaryo viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/14/28392327_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_a6a74a5a40d4efacebfb0a5407a4333f.jpg
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Ayni kunlarda Qashqadaryo viloyati delegatsiyasi Boshqirdiston Respublikasida 2 haftalik xizmat safarida bo‘lib turibdi. Bu haqida viloyat hokimligi xabar berdi.Viloyat hokimligi, viloyat bandlik boshqarmasi va viloyat Kasaba uyushmalari mas’ullaridan iborat delegatsiya Boshqirdistonda o‘tkazilayotgan "Transport va qurilish" xalqaro kongresida ishtirok etmoqda.Boshqirdiston Respublikasi transport va yo‘l xo‘jaligi vaziri Aleksandr Bulushev Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, kongresda transport va yo‘l qurilishi sohasidagi so‘nggi yutuqlar bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratilgan.Safar doirasida O‘zbekiston tashqi mehnat migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakilligi va Qashqadaryo viloyati hokimligi hamkorlikda Ufa shahrida O‘zbekiston madaniyati kunlari ham tashkil etildi.Unda sayyohlarga O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylari haqida ma’lumot berildi. Qashqadaryodagi turizm va ziyorat ob’ektlari haqida video roliklar namoish etildi.Mazkur tadbirni o‘tkazishdan maqsad xalqlar o‘rtasidagi madaniy hamkorlik va muloqotning barcha shakllarini rivojlantirish, madaniy yutuqlarni o‘zaro almashish hamda turizmni rivojlantirishdan iborat.Shuningdek, delegatsiya a’zolari Boshqirdiston Respublikasi va Nijegorod viloyatidagi vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolar bilan uchrashadi.Qolaversa, ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuvlarga erishish rejalashtirilgan.
boshqirdiston
qashqadaryo viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/14/28392327_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_b660255477b97a790427995f97605c8b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, boshqirdiston, qashqadaryo viloyati
rossiya, boshqirdiston, qashqadaryo viloyati
Ufada O‘zbekiston madaniyat kunlari bo‘lib o‘tdi
Qashqadaryo viloyati delegatsiyasi Boshqirdistonda xizmat safarida bo‘lib turibdi.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Ayni kunlarda Qashqadaryo viloyati delegatsiyasi Boshqirdiston Respublikasida 2 haftalik xizmat safarida bo‘lib turibdi. Bu haqida viloyat hokimligi xabar
berdi. Viloyat hokimligi, viloyat bandlik boshqarmasi va viloyat Kasaba uyushmalari mas’ullaridan iborat delegatsiya Boshqirdistonda o‘tkazilayotgan "Transport va qurilish" xalqaro kongresida ishtirok etmoqda.
Boshqirdiston Respublikasi transport va yo‘l xo‘jaligi vaziri Aleksandr Bulushev
Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, kongresda transport va yo‘l qurilishi sohasidagi so‘nggi yutuqlar bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratilgan.
“Biz Belarus, O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston, Erondan mingdan ortiq mehmonlarni kutmoqdamiz”, deydi Aleksandr Bulushev.
Safar doirasida O‘zbekiston tashqi mehnat migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakilligi va Qashqadaryo viloyati hokimligi hamkorlikda Ufa shahrida O‘zbekiston madaniyati kunlari ham tashkil etildi.
Unda sayyohlarga O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylari haqida ma’lumot berildi. Qashqadaryodagi turizm va ziyorat ob’ektlari haqida video roliklar namoish etildi.
Mazkur tadbirni o‘tkazishdan maqsad xalqlar o‘rtasidagi madaniy hamkorlik va muloqotning barcha shakllarini rivojlantirish, madaniy yutuqlarni o‘zaro almashish hamda turizmni rivojlantirishdan iborat.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari Boshqirdiston Respublikasi va Nijegorod viloyatidagi vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolar bilan uchrashadi.
Qolaversa, ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuvlarga erishish rejalashtirilgan.