https://oz.sputniknews.uz/20220920/ozbekistonning-oltin-valyuta-zaxirasi-yana-kamaydi-28381028.html
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi yana kamaydi
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi yana kamaydi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yalpi xalqaro zaxiralari 2022-yil boshidan 1,06 mlrd dollarga yoki 3 foizga kamaydi. 20.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-20T12:01+0500
2022-09-20T12:01+0500
2022-09-20T12:01+0500
iqtisod
oltin-valyuta zaxiralari
markaziy bank
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/17/20614516_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_8a9f59aff8db05968fb8d2386f1ac460.jpg
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. O‘zbekistonning yalpi xalqaro zaxiralari 1-sentabr holatiga ko‘ra, 34 mlrd 79,9 mln dollarni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank e’lon qilgan sharhda keltirilgan.Avgust oyi davomida oltin-valyuta zaxiralari 527,4 mln dollarga kamaygan:Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlar (erkin konvertatsiya qilinuvchi xorijiy valyutalarda) 12,47 mlrd dollardan 12,044 mlrd dollarga kamaygan. Zaxiralar tarkibidagi oltinning fizik qoldig‘i 12,3 mln troy unsiyani tashkil qilmoqda. Uning moliyaviy qiymati 21 078,6 mln dollardan 21 001,9 mln dollarga kamaygan.Xalqaro zaxiralar xorijiy valyuta mablag‘lari, maxsus qarz olish huquqi, Xalqaro valyuta jamg‘armasidagi zaxira pozitsiyasi va oltindan iborat. Xorij valyutasi, asosan, banklarda saqlanadigan naqd pullarni o‘z ichiga oladi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning yalpi xalqaro zaxiralari 1-avgust holatiga 34 607,3 mlrd dollarni tashkil qilgandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/17/20614516_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_8d62cc352f84d2ad2fda8d44f26232fe.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, oltin-valyuta zaxiralari, markaziy bank
iqtisod, oltin-valyuta zaxiralari, markaziy bank
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi yana kamaydi
O‘zbekiston yalpi xalqaro zaxiralari 2022-yil boshidan 1,06 mlrd dollarga yoki 3 foizga kamaydi.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. O‘zbekistonning yalpi xalqaro zaxiralari 1-sentabr holatiga ko‘ra, 34 mlrd 79,9 mln dollarni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank e’lon qilgan sharhda
keltirilgan. Avgust oyi davomida oltin-valyuta zaxiralari 527,4 mln dollarga kamaygan:
valyuta — 433 mln dollarga;
Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlar (erkin konvertatsiya qilinuvchi xorijiy valyutalarda) 12,47 mlrd dollardan 12,044 mlrd dollarga kamaygan.
Zaxiralar tarkibidagi oltinning fizik qoldig‘i 12,3 mln troy unsiyani tashkil qilmoqda. Uning moliyaviy qiymati 21 078,6 mln dollardan 21 001,9 mln dollarga kamaygan.
“O‘zbekiston Respublikasi yalpi xalqaro zaxiralari 2022-yil boshidan 1,06 mlrd dollarga yoki 3 foizga kamaydi. Bunda oltin narxining yil boshidagi 1799,25 dollardan 1712,40 dollargacha pasayishining ta’siri 1,07 mlrd dollarni tashkil qildi”, - deyiladi sharhda.
Xalqaro zaxiralar xorijiy valyuta mablag‘lari, maxsus qarz olish huquqi, Xalqaro valyuta jamg‘armasidagi zaxira pozitsiyasi va oltindan iborat. Xorij valyutasi, asosan, banklarda saqlanadigan naqd pullarni o‘z ichiga oladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning yalpi xalqaro zaxiralari 1-avgust holatiga 34 607,3 mlrd dollarni tashkil qilgandi.