Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

O‘zbekiston ShHTning navbatdagi sammitini tashkil etishda Hindistonga yordam beradi - Norov

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovMinistr inostrannix del Vladimir Norov na brifinge po itogu sammita ShOS.
Ministr inostrannix del Vladimir Norov na brifinge po itogu sammita ShOS. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2022
Obuna bo‘lish
Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov va ShHT Bosh kotibi Chjan Min ishtirokida ShHT sammiti yakunlari bo‘yicha brifing bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekiston ShHTni tashkil etishda Hindistonga har tomonlama yordam beradi. Bu haqida Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov ma’lum qildi.
Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov va ShHT Bosh kotibi Chjan Min ishtirokida ShHT sammiti yakunlari bo‘yicha brifing bo‘lib o‘tdi.
“O‘zbekiston 2023-yilda ShHTni tashkil etishda Hindistonga har tomonlama yordam beradi”, deydi Norov.
© Ministerstvo inostrannix del UzbekistanaMinistr inostrannix del Vladimir Norov i gensek ShOS Chjan Min na brifinge po itogu sammita ShOS.
Ministr inostrannix del Vladimir Norov i gensek ShOS Chjan Min na brifinge po itogu sammita ShOS. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2022
Ministr inostrannix del Vladimir Norov i gensek ShOS Chjan Min na brifinge po itogu sammita ShOS.
Vladimir Norov quyidagilarni ma’lum qildi:
Eronning Majburiyatlar memorandumi imzolandi. Bu mazkur davlatning tashkilotga to‘laqonli a’zoligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l ochadi.
Misr va Qatarning muloqot bo‘yicha hamkori maqomini huquqiy rasmiylashtirish tugallandi.
Belarusni to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Yetakchilar Bahrayn, Maldiv orollari, Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt va Manmaning muloqot bo‘yicha hamkor bo‘lish uchun arizalarini qo‘llab-quvvatladilar.
Chjan Min qayd etishicha, Samarqand sammitining muvaffaqiyatli o‘tishi ShHT ta’siri va jozibadorligini kuchaytiradi.
U o‘z so‘zida sammit tashkilotga a’zo mamlakatlar hamkorlikni chuqurlashtirish istagini yana bir bor namoyon etganini ta’kidladi.
Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, ShHT a’zolari global muammolarga qarshi kurashishning yagona yo‘li "birlik" degan to‘xtamga kelishdi.
Shuningdek, u O‘zbekiston ShHT sammitini muvaffaqiyatli o‘tkazganini ta’kidlab, bu bilan mamlakatni tabrikladi.
Yangiliklar lentasi
0