https://oz.sputniknews.uz/20220914/ozbek-tojik-filmi-28075684.html
Rossiyalik taniqli aktor o‘zbek-tojik filmida suratga tushadi – “Tojikfilm” direktori
Rossiyalik taniqli aktor o‘zbek-tojik filmida suratga tushadi – “Tojikfilm” direktori
Sputnik O‘zbekiston
Mahmadsaid Shohiyon “Navoiy va Jomiy” o‘zbek-tojik qo‘shma filmida Sergey Bezrukovni ko‘rish mumkinligini aytdi. 14.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-14T15:06+0500
2022-09-14T15:06+0500
2022-09-14T15:06+0500
madaniyat
o‘zbekiston kinematografiya agentligi
film
o‘zbek kino
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0e/28076049_0:257:2731:1793_1920x0_80_0_0_e0aa73f175f9d005673f504a80876cf6.jpg
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston hamkorlikda suratga olishni rejalashtirgan filmda Rossiya xalq artisti Sergey Bezrukov rol ijro etadi. Bu haqda “Tojikfilm” kinostudiyasi direktori Mahmadsaid Shohiyon Toshkent xalqaro kinofestivalining ShHT Kino kunlariga bag‘ishlangan anjumanda ma’lum qildi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.Anjumanda ShHTga a’zo mamlakatlar Kino kunlari hamda Kinoforum haqida ma’lumotlar berildi.Unda Rossiya, Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘izton, Qirg‘iziston, Pokiston, Xitoy, Tojikiston kabi mamlakatlardan kino rahbarlari va mutaxassislar ishtirok etishdi.Shuningdek, “Tojikfilm” kinostudiyasi direktori Dushanbeda O‘zbek kino kunlari doirasida namoyish etilgan “101 reys” filmi tomoshabinlarga manzur kelganini ta’kidlab, hamkorlikda shunday filmlar olishni taklif qildi.“Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida “Navoiy va Jomiy” o‘zbek-tojik qo‘shma filmi taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Film O‘zbekiston Kinematografiya agentligi va “Tojikfilm” davlat muassasasi hamkorligida yaratilmoqda.Film yaratish bo‘yicha memorandum 2021-yilda o‘tkazilgan Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida imzolangan edi.2021 yili iyun oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga tashrifi davomida barcha sohalar qatori madaniy aloqalarni ham rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan edi. Davlat rahbari buyuk o‘zbek va tojik adabiyotining buyuk namoyandalari – Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haqida hamkorlikda badiiy film yaratish vaqti kelganini ta’kidlagandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0e/28076049_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_8bcca095d47d12cdca42d3343b88afbd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, o‘zbekiston kinematografiya agentligi, film, o‘zbek kino
madaniyat, o‘zbekiston kinematografiya agentligi, film, o‘zbek kino
Rossiyalik taniqli aktor o‘zbek-tojik filmida suratga tushadi – “Tojikfilm” direktori
Mahmadsaid Shohiyon “Navoiy va Jomiy” o‘zbek-tojik qo‘shma filmida Sergey Bezrukovni ko‘rish mumkinligini aytdi.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston hamkorlikda suratga olishni rejalashtirgan filmda Rossiya xalq artisti Sergey Bezrukov rol ijro etadi. Bu haqda “Tojikfilm” kinostudiyasi direktori Mahmadsaid Shohiyon Toshkent xalqaro kinofestivalining ShHT Kino kunlariga bag‘ishlangan anjumanda ma’lum qildi, deb xabar berdi
Sputnik muxbiri.
Anjumanda ShHTga a’zo mamlakatlar Kino kunlari hamda Kinoforum haqida ma’lumotlar berildi.
Unda Rossiya, Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘izton, Qirg‘iziston, Pokiston, Xitoy, Tojikiston kabi mamlakatlardan kino rahbarlari va mutaxassislar ishtirok etishdi.
“Mazkur kinofestivalga kelganimdan xursandman. Biz hozirda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bilan hamkorlikda Navoiy va Jomiy koproduksiyasi ustida ishlamoqdamiz. Loyihada Rossiya xalq artisti Sergey Bezrukovni ko‘rishingiz mumkin”, - dedi “Tojikfilm” kinostudiyasi direktori Mahmadsaid Shohiyon.
Shuningdek, “Tojikfilm” kinostudiyasi direktori Dushanbeda O‘zbek kino kunlari doirasida namoyish etilgan “101 reys” filmi tomoshabinlarga manzur kelganini ta’kidlab, hamkorlikda shunday filmlar olishni taklif qildi.
“Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida “Navoiy va Jomiy” o‘zbek-tojik qo‘shma filmi taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Film O‘zbekiston Kinematografiya agentligi va “Tojikfilm” davlat muassasasi hamkorligida yaratilmoqda.
Film yaratish bo‘yicha memorandum 2021-yilda o‘tkazilgan Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida imzolangan edi.
2021 yili iyun oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga tashrifi davomida barcha sohalar qatori madaniy aloqalarni ham rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan edi. Davlat rahbari buyuk o‘zbek va tojik adabiyotining buyuk namoyandalari – Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haqida hamkorlikda badiiy film yaratish vaqti kelganini ta’kidlagandi.