O‘zbekistoning tog‘li hududlarida yomg‘ir qorga aylanishi mumkin - O‘zgidromet

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishPogoda dojd
Pogoda dojd - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2022
Obuna bo‘lish
Respublika hududining katta qismida havo harorati kechalari 10-13darajagacha, kunduz kunlari +25-28 darajagacha pasayadi.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. O‘zbekiston hududiga 10-12 sentabr kunlari Volga bo‘yi hududlaridan biroz nam va salqin havo kirib keladi. Bu haqida O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.
11 sentabrda Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida shamolning kuchayishi ba’zi joylarda 20-23 m/s ga yetishi mumkin.
11 sentabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, 12-sentabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda (2500 m dan yuqori) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
11-12 sentabrda respublika hududining katta qismida havo harorati kechalari 10-13darajagacha, kunduz kunlari +25-28 daraja gacha pasayadi.
Yangiliklar lentasi
0