Havo harorati biroz pasayadi

© Sputnik / Zafar XalilovTashkent. Amir Temur xiyoboni ili "Tashkentskiy brodvey"
Tashkent. Amir Temur xiyoboni ili Tashkentskiy brodvey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2022
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. O‘zbekistonda havo harorati biroz pasayishi kutilmoqda. Bu haqida O‘zgidromet xabar berdi.
Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, beqarorlik faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida saqlanib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Qayd etilishicha, shimolda va cho‘l hududlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati 32-37 darajani, shimolda 23-28 darajani tashkil etadi.
Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Maksimal harorat 34-36 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 27-32 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0