Galina Karelova sammit ishtirokchilarini Yevroosiyo ayollar forumiga taklif etdi

© SputnikVitse-spiker Soveta Federatsii Galina Karelova na sammite jenshin-rukovoditeley parlamentov stran Mejparlamenstkogo soyuza.
Vitse-spiker Soveta Federatsii Galina Karelova na sammite jenshin-rukovoditeley parlamentov stran Mejparlamenstkogo soyuza. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2022
Obuna bo‘lish
Federatsiya Kengashi vitse-spikeri Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar ayol rahbarlarining sammitida nutq so‘zladi - tafsilotlar.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar ayol rahbarlari 14- sammitida Rossiya Federatsiya Kengashi raisi o‘rinbosari Galina Karelova parlament a’zolarini 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo ayollar forumiga taklif etdi.
Federatsiya Kengashi raisi o‘rinbosari Galina Karelova tadbir davomida “Pandemiyadan keyin global tiklanishga to‘sqinlik qiladigan xavflarni bartaraf etish” sessiyasida so‘zga chiqdi.
Galina Karelova o‘z so‘zida Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenkoning sammit ishiga muvaffaqiyat tilaganini qayd etib o‘tdi. Senator ushbu mavzuni Sammit muhokamasiga olib chiqqani uchun O‘zbekiston parlamenti va Parlamentlararo ittifoqqa minnatdorlik bildirdi.
“Uning ahamiyati global pandemiya hali to‘xtamaganligi bilan ham bog‘liq. Biz e’tiborga olishimiz kerak bo‘lgan asosiy xulosa shundan iboratki, global miqyosga ega bo‘lgan muammolarga faqat butun jahon hamjamiyatining sa’y-harakatlari bilan qarshi turish mumkin”, deydi Federatsiya Kengashi vitse-spikeri.
Galina Karelovaning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus tarqalishi dunyoning barcha mamlakatlari uchun mustahkamlik sinoviga aylandi.
“Rossiya, boshqa davlatlar singari, bundan muhim saboq oldi. Darhaqiqat, pandemiya odamlarning ijtimoiy tuzilishi va tafakkurida tub o‘zgarishlarga olib keldi. Bunday sharoitda oilalar va butun iqtisodiyotning moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun tezkor va tizimli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish zarur edi”, deya qo‘shimcha qildi u.
Senatorning so‘zlariga ko‘ra, yangi kovid sharoitlari butun ijtimoiy sohani keng ko‘lamli qayta qurishga, yangi, shu jumladan masofaviy formatlar va texnologiyalarni joriy etishga undadi. Ayniqsa, bandlik va ta’lim sohasida.
Federatsiya Kengashi vitse-spikerining qayd etishicha, o‘rganish kerak bo‘lgan eng muhim saboqlar odamlar salomatligini muhofaza qilish bilan bog‘liq.
Aytilishicha, amalda sog‘liqni saqlash sohasida paradigma o‘zgarishi yuz berdi. Kasalliklarning oldini olish va bemorlarni reabilitatsiya qilish alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Fuqarolik jamiyati, jumladan, xotin-qizlar tashkilotlari va uyushmalari sog‘liqni saqlashga yondashuvlarni o‘zgartirishda o‘z rolini o‘ynadi.
“Sammit mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, bir-birini qo‘llab-quvvatlashga katta hissa qo‘shdi. Jumladan, Federatsiya Kengashi shafeligida o‘tkazilgan Yevroosiyo ayollar forumida ayol parlamentariylar barqaror rivojlanish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ham taklif qilishdi”, deydi Galina Karelova.
Senator o‘z so‘zida tadbirkorlik subyektlarini, ayniqsa, tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi yangicha yondashuvlarga ham to‘xtalib o‘tdi.
“Ayni paytda tadbirkor ayollar loyihalari eksport salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning xalqaro hamkorligini rivojlantirish vazifasi turibdi, – dedi Galina Karelova. Federatsiya Kengashi ko‘magida “Yetakchilarni qo‘llab-quvvatlash. Eksportdagi ayollar” tanlovi o‘tkazilmoqda. Bu boradagi mavjud tajribani keng ko‘lamda qo‘llash imkonini beradi”, deydi Galina Karelova.
Ta’kidlanishicha, tajriba almashish uchun Yevroosiyo ayollar forumining platformasi va elektron resurslaridan faolroq foydalanishimiz kerak. Bu ijtimoiy tashabbuslar va ijtimoiy sohadagi xalqaro hamkorlikni keng rivojlantirishga xizmat qiladi.
Galina Karelova ma’lum qilishicha, Rossiyada biznes, ayniqsa, tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlashning yangi yondashuvlarini ta’kidlash muhimdir. O‘tgan yili ayollarning tadbirkorlik faolligi indeksi 10 foizga oshgan.
Yangiliklar lentasi
0