MAGATE vakillari Kiyevdan Zaporojyega jo‘nab ketdi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishZaporojskaya AES
Zaporojskaya AES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2022
Obuna bo‘lish
Missiya tarkibiga MAGATE kotibiyatining xavfsizlik choralari va yadro xavfsizligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi o‘nga yaqin xodimlari kiradi.
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. MAGATE missiyasi Kiyevdan Zaporojye atom elektr stansiyasi tomon harakatlandi. Bu haqda “Reuters” agentligi yozmoqda.
“MAGATE karvoni chorshanba kuni ertalab Kiyevdan ZAES yo‘nalishida jo‘nab ketdi”, deyiladi agentlik xabarida.
MAGATE missiyasi belgilangan manzilga qachon yetib borishni rejalashtirayotgani noma’lum.
Rossiya Federatsiyasining Venadagi xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Mixail Ulyanovning RIA Novosti agentligiga ma’lum qilishicha, missiya tarkibiga MAGATE kotibiyatining xavfsizlik choralari va yadro xavfsizligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi o‘nga yaqin xodimlari kiradi. Ularga logistika va xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi BMT xodimlarining katta guruhi hamrohlik qilmoqda.
Avvalroq OAV Zaporojye atom elektr stansiyasida MAGATE tekshiruvi 31-avgustda boshlanib, 3-sentabrgacha davom etishi haqida xabar bergan edi.
Zaporojye AES Dneprning chap qirg‘og‘ida Energodar yaqinida joylashgan. Mart oyidan beri u Rossiya harbiylari himoyasida. Rossiya Tashqi ishlar vazirligida ta’kidlanganidek, bu yadroviy va radioaktiv materiallarning sizib chiqishining oldini olish uchun zarur. Ukraina harbiylari Energodar, uning atrofidagi qishloqlar va shaharga tutash Zaporojye AES hududini muntazam ravishda o‘qqa tutmoqda.
Yangiliklar lentasi
0