Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Toshkentda ShHT mudofaa vazirlari yig‘ilishi boshlandi

© Sputnik/Zafar XalilovV Tashkente proxodit soveshanie ministrov oboroni stran ShOS
V Tashkente proxodit soveshanie ministrov oboroni stran ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2022
Obuna bo‘lish
Yig‘ilish boshlanishida Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov forum qatnashchilariga O‘zbekiston prezidentining so‘zlarini yetkazdi.
TOShKENT, 24 avg - Sputnik. Bugun, 24-avgust kuni Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar mudofaa vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilishda ShHTga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari so‘zga chiqadi. Xususan, Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Qozog‘iston Mudofaa vaziri Ruslan Jaqsilikov, Qirg‘iziston Mudofaa vaziri Baktibek Bekbolotov, Hindiston Mudofaa vaziri Rajnat Singx, Pokiston Mudofaa vaziri Xavaja Muhammad Asif, Tojikiston Mudofaa vaziri Sherali Mirzo.
Xitoy mudofaa vaziri Vey Fenxe onlayn formatda ishtirok etmoqda.
Uchrashuvning faxriy mehmonlari: ️O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov, ️ShHT Bosh kotibi Chjan Min, ️ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev, ️Belarus Mudofaa vaziri Viktor Xrenin.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri, general-leytenant Bahodir Qurbonov nutqidan asosiy fikrlar.
"Bundan roppa-rosa 20-yil muqaddam ShHTga a’zo davlatlarning davlat rahbarlari Shanxay hamkorlik tashkiloti nizomini imzolab, xavfsizlikni ta’minlash, yangi chaqiriq va tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi hamkorlikka mustahkam poydevor yaratdilar.
Global xavfsizlikka tahdidlarning kuchayishi, davlatlararo qarama-qarshiliklarning keskinlashuvi, terroristik va ekstremistik guruhlarning namoyon bo‘lishining kuchayishi fonida ShHTning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Uning vakolati va dolzarbligini mustahkamlash.
ShHT mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni saqlashga katta hissa qo‘shmoqda. Mintaqaviy barqarorlik ko‘p jihatdan ShHTga a’zo davlatlarning kelishilgan harakatlariga bog‘liq bo‘ladi", - dedi Bahodir Qurbonov.
Shuningdek, yig‘ilish boshlanishida Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov forum qatnashchilariga O‘zbekiston prezidentining so‘zlarini yetkazdi.
Forum boshlanishidan oldin ShHTga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari Toshkentdagi G‘alaba bog‘ida Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning xotirasiga hurmat bajo keltirdilar. Ular "Matonat madhiyasi" yodgorligi poyiga gul qo‘yishdi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2022
ShHT-2022: Samarqand sammiti
ShHT bo‘linmas xavfsizlik tizimini shakllantirmoqda – Mirziyoyev
Yangiliklar lentasi
0