Toshkentdagi 12 tup daraxtga shikast yetkazilgani aniqladi

© Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati12 tup daraxtga shikast yetkazilgan
12 tup daraxtga shikast yetkazilgan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2022
Obuna bo‘lish
Qurilish ishlari davomida 5 tup chinor va 7 tup kashtan daraxtining ildiz qismiga shikast yetgan.
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi 12 tup daraxtning ildiz qismiga qurilish kompaniyasi tomonidan shikast yetkazilgan. Bu haqda shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Shota Rustaveli ko‘chasidagi 28-uy yonida qurilish kompaniyasi tomonidan olib borilayotgan qurilish ishlari davomida 5 tup chinor va 7 tup kashtan daraxtlarining ildiz qismlariga o‘sishdan to‘xtamaydigan darajada shikast yetkazilgan”, deyiladi xabarda.

Umuman olganda, daraxtlarning sug‘orish tizimi olib tashlangani va buning natijasida “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunining 26 va 32-moddalari talablari buzilgani aniqlangan.
© Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati12 tup daraxtga shikast yetkazilgan
12 tup daraxtga shikast yetkazilgan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2022
12 tup daraxtga shikast yetkazilgan
Qayd etilishicha, daraxtlarni muhofaza qilish va saqlashga doir qonunchilikda belgilangan choralarni ko‘rmaganligi uchun “Millimetre construction company” MChJ rahbari U.R.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasi 3-qismi bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qonuniy chora ko‘rish uchun taqdim etilgan.
Shu bilan birga, qurilish kompaniyasi mas’ullariga hududdagi mavjud daraxtlarni muhofaza qilish, ularga biotexnik tadbirlarni amalga oshirish hamda ekologik talablar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilib, kafolat xati olingan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentning Chilonzor ko‘chasini rekonstruksiya qilish jarayonida 101 tup daraxt, shu jumladan, 92 tup eman, 1 tup chinor, 5 tup tut, 2 tup archa va 1 tup mevali behi daraxtining ildiz qismi shikastlangan edi. Mazkur holat ortidan Chilonzor tumani hokimi va prokurori ishdan olinib, Toshkent shahar hokimi va prokuroriga hayfsan berilgandi.
Yangiliklar lentasi
0